1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet81/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Evropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformasiya harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda SHpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi SHpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi.
Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, svinglichilik, kalvinizm, unitarizm va sosinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Keyinroq «so’nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo’ldi. Bu oqimlarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», ilk xristianlik va Reformasiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQSHda, bu erda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan. Hozirgi protestantizm integrasiya (birlashish)ga intilmoqda, bu 1948 yilda Jahon cherkovlari kengashining tuzilishida o’z ifodasini topdi.
Protestantizm ilohiyoti xristian mafkurasining bir ko’rinishi sifatida o’z taraqqiyotida muayyan bosqichlardan o’tdi. XVI acp ortodoksal ilohiyoti (M. Lyuter, J. Kalvin), XVIII – XIX acplardagi yangi protestantizm yoki liberalizm ilohiyoti (F. SHleyermaxer, E. Tryolch, A. Garnak), Birinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan dialektik ilohiyot (K. Bart, P. Tillix, R. Bultman), Ikkinchi jahon urushidan so’ng tarqalgan radikal yoki «yangi» ilohiyot (D. Bonxeffer va boshqalar) shular jumlasidandir.
Protestantizm Xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolisizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahy va boshqalar to’g’picidagi umumxristian tasavvurlarini e’tirof etadi. Biroq Lyuter katolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Papaning diniy va dunyoviy hokimiyat, katolik dindorlarining imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalariga Lyuterning qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Insonning najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqlanib qoldi.
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi. Asror (tainstva)lardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo’ldi.
Lyuter tomonidan tuzilgan Reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib berilgan. Ular Vittenberg nasroniy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo’yilgan. Tezislarning bir nusxasida Iso payg’ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi», deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to’xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo’lmog’i darkor.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yil 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling