1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet82/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish – kalvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) SHotlandiya, Gollandiya, SHimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada katta obro’ va ta’sirga ega edilar.
Hozirgi paytda SHotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud.
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi – Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig’i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi. XVI asr o’rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo’lmay qoldi. Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydilar. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur» degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir. Ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish (o’spirinlar uchun), tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lot. – “kelish”) Amerikada XIX asrning 30-yillari og’ir iqtisodiy buhron, umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari» sanaladi. Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor erga tushishi va insoniyatni shayton va uning tarafdorlaridan mutlaq xalos etishidir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling