Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o`ta g’ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Pertseptsiya – idrok etish.
Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni
Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo`nalish.
Reduktsionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.
Relyativizm – bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya – o`z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral – muqaddas.
Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq qo`yuvchi falsafiy yo`nalish.
Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.
Skeptitsizm – inson bilimining ishonchliligiga shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy kontseptsiya.
Stereotip – ko`pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substantsiya – birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Stsientizm – madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabu – biron-bir narsa, harakat, so`zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teotsentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo`yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o`ringa qo`yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni echishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko`rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |