Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi.
Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo`lmaydigan xususiyat kasb etadi.
Eksplikatsiya – u yoki bu predmet (yoki madaniyat ob’ekti)ning mohiyatini aniqlash, uning mazmunini keng tavsiflash.
Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so`ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
Ekopessimizm - asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko`rilgan hol.
Ekstravertiv – sirtga qaratilgan.
Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o`tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo`lgan tendentsiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi.
Empirizm – hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
Empirik – tajribada ko`rilgan.
Etimologiya – u yoki bu so`z yoki iboraning kelib chiqishi.
Epistemologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot.
Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.
O`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish – o`zining betakror mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo`lishi mumkinligini ko`rsatish uchun tuziladigan prognoz.
Mantiq terminlarining qisqacha lug’ati
ABSTRAKSIYALASH (lot. Abstractio – uzoqlashuv, mavhumlik) – tushuncha hosil qilishning muhim usullaridandir. Abstraksiyalash yordami bilan buyum va hodisalarning muhim xususiyatlarini fikran ajratamiz va ularni buyumlar, hodisalarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chetlashtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |