1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


SAN’AT - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o’ziga xos shakli. San’at inson mehnati,aql idroki


Download 1.91 Mb.
bet140/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

SAN’AT - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o’ziga xos shakli. San’at inson mehnati,aql idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulotidir. San’at asarida shaxsning o’ziga xos iste’dodi namoyon bo’ladi. San’at insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma’naviy anglashning maxsus turidir. San’at tushunchasi keng ma’noda, badiiy qadriyatlar,ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. San’atning quyidagi ikki turi farqlanadi, amaliy va badiiy, amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik kabi sohalar kirsa, badiiy san’at turlariga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino,teatr,badiiy adabiyot mansub. SHuningdek, ifodali va tasviriy san’at turlari farqlanadi. Musiqa- ifodali, rassomlik- tasviriy san’at turlariga kiradi.
ULUG’VORLIK - tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo’ladigan man’naviy ahloqiy tushuncha. Ulug’vorlik belgisiga ega bo’lgan barcha narsa va hodisalarga xos umumiylik me’yoriy barkamollikdir.Tabiatda ulug’vorlik baland tog’lar, qudratli sharsharalar timsolida namoyon bo’ladi. Ulug’vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy shartlangan, aniq tarixiy tabiatga ham molik qahramonlikda alohida nafosat va axloqiy birlikda to’liq hamda bevosita namoyon bo’ladi. San’atning turli ko’rinishlari ulug’vorlikni tasvirlashni xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanadi. San’atdagi ulug’vorlik badiiy mazmun va shakl imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi. G’oya mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asarining buyuklik darajasini belgilab beradi. Ulug’vorlikni Kant ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug’vorlik. Matematik ulug’vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko’lamli miqdorni, dinamik ulug’vorlik kuch va qudrat miqdorini o’z ichiga oladi.
FOJIALILIK - voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to’vnashuvlari hayot va o’lim,ozodlik va mutelik, aql va tuyg’u, qonun va burch shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o’ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. San’atdagi fojealilik haqida fikr yuritganda san’at asarlaridagi fojeali ohanglar, fojeaviylik san’ati va nihoyat, fojeaviylik san’at turi kabi muammolar alohida mushohada qilinishi lozim. Har qanday fojea zamirida muayyan fojeali to’qnashuv, ziddiyat yotadi. Fojea uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashgan intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo’lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling