Pesax yahudiylarning qadimgi misrdan qochib chiqib, ozod bo’lishi munosabati bilan nishonlanadigan bayram.
Pir murshid.
Pozitivizm filosofiyada xix asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv (aniq) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir deb e’tirof etgan oqim.
Politeizm (qad. yunon. «poli» – «ko’p», «teo» – «xudo») ko’pxudolilik.
Pora (juz’) (fors. «pora», arab. «juz’» - «qism, bo’lim») qur’onning o’ttizdan bir qismi.
Post xristian dinidagi ro’za. post kunlari xristianlarga faqat o’simlik maxsulotlarini yeyish ruxsat etiladi.
Ravvin yahudiy din arbobi. u yahudiy jamoasi diniy va oilaviy masalalarda hakamlik qiladi.
Risolat payg’ambarlik.
Roviy (arab. «rivoyatchi») hadis rivoyat qiluvchi kishi.
Rosh-Hashona yahudiylikdagi yangi yil bayrami.
Saduqiylar qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Safo – makka shahrida, ka’ba yaqinidagi tepalik. haj va umra qiluvchilar safo va marva tepaliklari orasida yetti bor yugurishlari lozim.
Sahih (arab. «sog’lom; to’g’ri») olimlar tarafidan ishonchli, to’g’ri deb topilgan hadis.
Sahoba – payg’ambar bilan hamsuhbat bo’lgan ilk musulmonlar.
Siddxartxa buddaning shaxsiy ismi.
Sinagoga yahudiylar ibodatxonasi.
Sinion - quddus yaqinidagi tepalik.
Sionizm yahudiylikdagi diniy-siyosiy oqim.
Sunnat islomda payg’ambar amallari.
Sura (arab. «devor, to’siq») qur’onni tashkil etuvchi qismlar. qur’on jamlanish davrida ularning umumiy soni 114 ta deb belgilangan.
Sutra – (sanskr. «ip») qadimgi hindiston diniy-falsafiy ta’limotlarini lo’nda iboralar shaklidagi qisqa bayoni. diniy-falsafiy adabiyot turi.
Sutta-Pitaka tripitakaning din mazmuniga bag’ishlangan qismi.
Sufiy islomdagi mistik-asketik oqim vakili.
Tabu – totemistik tasavvurlar mavjud bo’lgan jamiyatdagi diniy taqiq. bu tasavvurlarga ko’ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga og’ir kasallik yoki o’lim yuborish bilan jazolanadi. tabu ma’lum bir buyumga tegmaslik, ma’lum so’zni aytmaslik, ma’lum hayvonlarning go’shtini yemaslik kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |