Isroil (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») ya’qub payg’ambarning ikkinchi nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «isroil bolalari» deb ataladi.
Karomat – (arab. «ulug’lik, buyuklik») islom ta’limotiga ko’ra, alloh tomonidan uning do’stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli g’ayrioddiy qudrat.
Kasta (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.
Ka`ba (arab. «kub») makka shahrida hozirgi davrda baytul harom (muqaddas masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. islom ta’limotiga binoan, uni buyuk to’fondan so’ng ibrohim payg’ambar o’g’li ismoil bilan qayta tiklagan.
Konfessiya (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Konfutsiy qadimgi xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikning asoschisi.
Kosmogoniya – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo’lishi va o’zgarishlari haqidagi bo’limi. bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.
Krishna hinduizmdagi e’tiborli xudolardan biri.
Linga – (qad. hind. «tavsifnoma, jins belgisi») qadimiy hind mifologiyasida ilohiy yaratuvchilikning ramzi.
Magiya (qad. yunon. «magus», arab. «majus») sehrgarlik.
Mazhab (arab. «yo’l») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo’nalishi.
Matriarxat – onalik davriga oid, jamiyatda ayolning roli ustun bo’lgan davr.
Maxayana (sanskr. «katta arava») buddizmdagi oqim.
Meditatsiya (lot. «fikrlash, o’ylash») shaxsning ruhiy faolliyatga chuqur berilish holati.
Mitra zardushtiylikdagi quyosh xudosi.
Mitropolit (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.
mif (qad. yunon. «hikoyat, rivoyat») biror xalq orasida mashhur bo’lgan hikoyat, rivoyat, asotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |