1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet93/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Ash’ariya. Ash’ariya islomdagi ahl as-sunna va-l-jamoa doirasidagi ikki yirik e’tiqodiy maktabning biridir. Uning asoschisi basralik Abu-l-Hasan Ali ibn Ismoil al-Ash’ariydir. U birinchilardan bo’lib kalom bilan islom aqidalarini uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Abu-l-Hasan al-Ash’ariy ta’limotini asoslashda sunniylikdagi to’rt mazhabning ikkisi – shofi’iya va molikiyaga suyanar edi. SHuningdek, u kalom borasida turli xil ziddiyatlar orasida faoliyat ko’rsatganligi ma’lum. Uning hayotini uch yoki ikki bosqichga bo’lish mumkin:
1) mu’tazila maktabining vakili Abu Ali al-Jubbo’iydan ta’lim olib, 40 yil ushbu ta’limot tarafdori sifatida o’tgan hayoti;
2) 912-13 yil mu’taziladan ajralib chiqib, o’zi uchun yangi yo’l topgan davrdagi hayoti.
Abu-l-Hasan al-Ash’ariy bu borada ko’p asarlar tasnif etgan bo’lib, ularning asosiylari «Maqolot al-islomiyin» va «al-Luma’» kitoblaridir. U 934-35 yili Bag’dodda vafot etdi.
Al-Ash’ariy al-Moturidiydan farqli o’laroq, bilish nazariyasi, olamning tuzilishi, Allohning zoti va ta’siri, insonga taqdim etilgan xatti-harakat maslalarida boshqacha mulohaza yuritgan. Ash’ariya ilohiyoti o’z nazariyasiga eng ifodali, hatto aytish mumkinki, radikal ta’rif izlagan. U kalomni va uning dalillash shakllarini yuksak darajada biladi. Ammo al-Ash’ariy ulardan mohiyat e’tibori bilan sunniy an’anaviychiligiga muvofiq keluvchi fikrlarni himoya qilish maqsadida foydalanadi.
Ash’ariylarning asosiy tayanadigan manbalari Qur’oni karim, sunna va kalom ilmi qoidalaridir. Ular ohod hadislarga aqida bobida tayanmaydilar.
Ular Allohning zoti haqida shunday e’tiqod qiladilar:

  • Allohning birligi, uning tengi va o’xshashi yo’qligi;

  • Qur’onda zikr qilingan Allohning «yuzi», «ikki qo’li», «ko’zi» kabi so’zlarning o’ziga xos talqini (ta’vili) mavjudligi;

  • inson balog’atga etganda uning avvalgi vazifasi fikrlash, so’ngra esa imon keltirish ekanligi;

  • imon va toat – Allohning tavfiqi bilan, kofir bo’lish va gunohkorlik esa Allohning xor qilishi sababidan ekanligi;

  • Allohni qiyomatda ko’z bilan ko’rish mumkinligi;

  • gunohi kabira qilgan inson tavbasiz vafot etsa, uning hukmi Allohga havola ekanligi;

  • oxirat, qayta tirilish, mahshar, tarozi, sirot ko’prigi, shafoat, jannat, do’zax va shu kabi g’aybiy narsalarga imon keltirish shartligi;

  • sahobalar barcha ishlarini ummatning manfaatini ko’zlab qilganliklari uchun ular haqida yomon so’z aytish mumkin emasligi.

IX – X asrlarda muayyan sunniy mazhablarning soni kamayib, XII – XIII asrlarda ulamolarning o’zaro kelishuvi (ijmo‘) asosida ular to’rtta deb e’lon qilindi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling