1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Arab bosqini va islom dini


Download 150.44 Kb.
bet17/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bilan sosoniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi arabcha tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan.
Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.

«Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi.


Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do‘zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo‘qligini, lekin insonning Olloh oldida o‘z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan.
Bunday ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma’naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko‘rsatib turibdi.
Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko‘p hollarda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lsa, islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmog‘i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo‘la oladi, deb hisoblanadi.
Islom falsafasiga ko‘ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Musulmon Sharqi mutafakkirlarini aql maqomi, mantiq ilmi avvaldan qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan xar qanday bilim ishonchli va samarali bo‘la olmaydi. Bu masala ham islom falsafasida o‘z o‘rniga ega.

Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling