1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili
Download 150.44 Kb.
|
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom Buxoriy
- Abu Hanifa an-Nu’mon
- Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797-865)
- Abu Nasr Forobiy
Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o‘tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg‘ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to‘plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan. Abu Hanifa an-Nu’mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o‘z mavqeiga ega bo‘lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944 y.) ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to‘plamida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o‘rin berilgan. Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797-865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to‘g‘risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi. Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo‘lgan Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug‘ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi. Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) - musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko‘rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat bo‘lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo‘lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar, aksidensiya (muhim bo‘lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o‘simliklar, minerallar va to‘rtta unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, ahloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Forobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo‘lgan ta’siri sezilarli bo‘lgan. Download 150.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling