1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 150.44 Kb.
bet22/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Alisher Navoiy. Ulug‘ o‘zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil oladi. Shoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn Boyqaro o‘tirgandan so‘ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg‘argan boyligini ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o‘tkazadi.
She’riyat mulkining sultoni bo‘lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa, nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag‘ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga «Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat: «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va Shirin» va «Saddi Iskandariy».

Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta’limotiga asoslangan. Mutafakkir o‘zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e’tiqodiga ko‘ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne’matlaridan foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a’losi va gultojisi insondir.



Turkistonda ma’rifatparvarlikning rivojlanishi va isloxotchilik. Turkistonda ma’rifatparvarlik uzoq tarixiy ildizga ega. XIX asrda ma’rifatparvarlik falsafasining kuchayishi XVI asrda Buyuk ipak yo‘lining o‘z faoliyatini to‘xtatishi, dengiz yo‘llarining ochilishi hamda XVIII-XIX asrlarda Yevropa mamlakatlarida sodir bo‘lgan shiddatli texnologik rivojlanish natijasida O‘rta Osiyo xonliklarining obyektiv sabablarga ko‘ra taraqqiyotdan orqada qolishi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Xalq xo‘jaligi va umumiy taraqqiyotga katta zarar yetkazgan ichki o‘zaro urushlar esa bu qoloqlikning subyektiv sabablari hisoblanadi. Shunday sharoitda ilg‘or ziyolilar mazkur qoloqlik sabablarini teran tahlil qilib, taraqqiyotga erishish yo‘llarini izlay boshladilar va keng xalq ommasini ma’rifatli qilishni bu yo‘ldagi birlamchi vazifa deb bildilar. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, Buxoro va Xivaning unga tobe’ bo‘lishi mintaqani markazning xom ashyo manbaiga aylantirib, vaziyatni yanada chuqurlashtirdi. Shu bilan birga, bir tomondan - bank sarmoyasi, ikkinchi tomondan - Yevropa va Osiyodan demokratik g‘oyalarning kirib kelishi dunyo bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini namoyon etdi, mintaqada hurfikrlilikning rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu asosiy maqsadlaridan biri ma’rifatparvarlik bo‘lgan milliy ozodlik falsafasining shakllanishidagi ilk qadamlar edi. Uning tarafdorlari mintaqaning turli burchaklarida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlarini boshqarish, tashkil qilish yoki qo‘llab-quvvatlashdan hali uzoq bo‘lsalar-da, lekin ularning kelib chiqish sabablarini yaxshi anglar edilar va bu toifaning mavjud tuzumga tanqidiy munosabati, islohot o‘tkazish zarurligini tushunishi -o‘sha davr uchun katta yutuq edi. Taniqli olim Ahmad Donish islohotlar o‘tkazishning eng faol tarafdorlaridan biri edi. Keyinchalik Muqimiy, Furqat, Hamza, Berdaq, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O‘tar kabi shoirlar o‘z she’rlarida xalqni ilm va ma’rifatga chaqirdilar. Abay, Cho‘qon Valixonov kabi taniqli arboblar demokratik g‘oyalar bilan qurollangan bo‘lib, ular bu mushkul ahvoldan chiqishning yo‘lini nafaqat ma’rifatda, balki turkiy xalqlarning birlashuvida ko‘rar edilar. Xuddi shu zaminda ma’rifatparvarlikdan siyosiy talablarni ko‘tarib chiqishga qadar yuksalgan jadidchilik o‘sib chiqdi.


Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling