1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 150.44 Kb.
bet23/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Jadidchilik. Jadidchilik - XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi milliy-taraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati. Bu harakat O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy, milliy-siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. «Jadidlar» degan nomning o‘zi «usuli jadid» («Yangi usullar») tushunchasi asosida kelib chiqqan. Bu atama ostida o‘qitishning yangi usullari tushunilar, yangi usuldagi maktablar shu asosda qurilgan edi. Jadidchilik harakatining vazifalari kengayishiga muvofiq ravishda keyinchalik mazkur atamaning mazmuni ham kengaydi. Ma’rifatparvarlik bilan bir qatorda, jadidlar ijtimoiy va siyosiy huquqiy holatlarning eski tizimini taraqqiyotning ilg‘or usullari bilan almashtirmoqchi bo‘ldilar. Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg‘or yo‘nalishi qarashlarini o‘zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining yetilgan ehtiyojlari va o‘lkaning tub aholisi manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo‘jaev, Munavvar Qori, A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo‘jaev, T.Norbo‘taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan bog‘liq.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal topishi qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjud..

Shu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:

- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;


- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini Shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.



Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling