1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr (XIV-XV asrlar)
Download 150.44 Kb.
|
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org
Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr (XIV-XV asrlar). Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, yer ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi. Qadimgi dunyo madaniyati, Mavoraunnah, Hindiston, arab mamlakatlari xalqlarining ilk o‘rta asrdagi falsafiy merosiga qiziqish ortib bordi. Bu davrning falsafiy fikri uchun xos narsa dunyoviy va diniy fanlarga murojaat, tabiatni o‘rganishga intilish, inson aqli va qobiliyatlarining ko‘tarilishi, insonning axloqiy sifatlarini qadrlash, insonparvalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish edi.
Ulug‘bek. XV olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) edi. Movaraunnahr hukmdori bo‘lgan sulton Ulug‘bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga kata e’tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix va boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va boshqa olimlarning asarlari katta o‘rin tutdi. 1428 yilda Ulug‘bek boshchiligida Samarqandda o‘sha zamondagi eng katta rasadxona qurildi. U 1437 yilda o‘zining astronomiya sohasidagi asari bo‘lgan «Zije Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniyning yulduzlar jadvali») risolasini yozib tugatdi. Ushbu risolada yil hisobi, sayyoralar nazariyasi, astronomiya muammolari bayon etilgan bo‘lib, 1018 yulduzning jadvali ham berilgan edi. Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» nomli asari ham borki, unda mo‘g‘ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek mantiq, fiqh, musiqa nazariyasi va adabiy uslub nazariyasini yaxshi bilar edi. Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U Yer yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Ulug‘bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o‘sha zamon ilmiy qarashlari shakllanishida katta o‘rin tutdi. Boshqa mamlakatlardan astronomiya bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni taklif qilgan Ulug‘bek, o‘z atrofiga iste’dodli olimlarni to‘pladi. Eronning Koshon shahridan yirik riyozidon va astronom bo‘lgan G‘iyosuddin Jamshid al-Koshiy (vaf. 1430) taklif qilingan edi. O‘nli kasrni kashfiyoti al-Koshiyga mansubdir. Chunonchi, undan keyingina, XVI asrdan boshlab, Ovrupo riyozidonlari asarlarida o‘nli kasr qo‘llanila boshladi. Ulug‘bek o‘ldirilgandan keyin uning ishini shogirdlari davom ettirdilar. Ulardan eng mashhuri - mashhur riyozidon va astronom Ali Qushchi (1403-1474) edi. Uning asosiy asari – «Astronomiya haqida risola» edi. Ali Qushchi obyektiv dunyoning mavjudligiga, moddiy ashyo va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning soddadan murakkabga o‘tib turishligiga ishonar edi. Download 150.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling