1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Astika — «Veda»ning muqaddasligini tan oluvchi, nastika — uning muqaddasligini tan olmaydigan maktablar. Dao


Download 150.44 Kb.
bet36/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Astika — «Veda»ning muqaddasligini tan oluvchi, nastika — uning muqaddasligini tan olmaydigan maktablar.

Dao — tabiat qonuni, tsi — borliqning asosida yotgan besh unsur, yan — yorug‘lik kuchi, in — zulmat kuchi/

Antik falsafa - qadimgi davrda eramizdan avvalgi 8 asrda Yunonistonda, eramizdan avvalgi 2 asrda Rim jamiyatlarida shakllanib, eramizning 6 asriga qadar rivojlanib kelgan falsafiy ta’limotlar umumlashmasi.

Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar.

Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir.

«Patristika» – so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar.

«Sxolastika» - so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar.

Nominalizm – lotincha nomina - ism, nom ma’nosini anglatadi. Sxolastik falsafa. Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki faqat tafakkurda mavjud.

Realizm – Realistlar Anselm Kenterberiyskiy, Foma Akvinskiy umumiy obyektlar, tushunchalar yo alohida insonda, aqldan tashqarida, bu narsalarga qadar yoki individual narsalarning o‘zlarida, ularning ruxiy asoslarini tashkil etgan holda mavjud, deb xisoblaydilar. Cherkov realizm nuqtai nazaridan, turli aqidalarni, masalan Odam Atoning gunohkor bo‘lganligi haqida afsonani falsafiy asoslash uchun foydalandi.

Ratsionalizm – lotincha rationalis, ratio - aql degan ma’noni anglatib, aqlga odamlarning bilish va xulqining asosi, deb qaraydigan falsafiy yo‘nalish.

Ssiyentizm – fan yordamida mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etish mumkinligini va ilm fan taraqqiyoti doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy ta’limot.


Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling