1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Download 307.42 Kb.
bet3/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Merged document

Afsonaviy dunyoqarash. Afsonalarda olamning vujudga kelishi, tuzilishi, tabiat hodisalarining siri, dunyoviy uyg‘unlik, odamning tabiat va kosmik hodisalar bilan aloqasi, o‘simlik va hayvonlarning odamga xos sifatlari haqida hikoya qilinadi. Afsonalarda odamning paydo bo‘lishi,
hayoti bosqichlari, o‘limi, hayot sinovlaridan o‘tishi haqida fikr yuritilgan. Undan tashqari, olovni topish, hunar egallash, dehqonchilik, turli urf-odatlar, rasm-rusmlar haqida afsonalar to‘qilgan.
Har qanday afsonaviy ong xayolda va xayol yordamida stixiyali kuchlarni yengadi, ammo tabiatdan o‘zini ustun qo‘ymaydi.
Dunyoqarashning bu shakli ta’sirida turli ishonch, e’tiqodlar paydo bo‘lgan. Masalan, totem, fetish, sehrgarlik va ruhlarga ishonch - e’tiqodlar shular jumlasidandir. Bular yordamida odamlar birlashgan, hayot mashaqqatlarini hamkorlikda yenggan, tabiatdagi stixiyali kuchlarga ta’sir ko‘rsatishgan. Bu intilishlar keyinchalik turlicha diniy imon-e’tiqodlar uchun asos bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashga bugungi kunda ehtiyoj qolmagan bo‘lsada, ertaklar, sarguzashtlar, rivoyatlarda, adabiyot va sanoatning bir qator janrlarida saqlanib qolgan. Umuman afsonaviy dunyoqarash insoniyat madaniy taraqqiyotida muhim bir bosqich bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashning xarakterli belgilari: emotsional- obrazli shakl. Bu xususiyat qahramonlar, xudolarning obrazlarini yaratishda namoyon bo‘ladi; tabiatni jonlantirish. Bu xususiyat inson fazilatlarini tevarak-olam hodisalariga ko‘chirishda, kosmosni, tabiat kuchlarini gavdalantiishda va jonlantirishda ko‘zga tashlanadi. Mifologiyada tabiat bilan inson olami, tafakkur bilan emotsiyalar, badiiy obrazlar bilan ilmiy bilimlar o‘rtasida qatoiy chegaralanish yo‘q;afsonaviy dunyoqarashda refleksiyaning ishtirok etmasligi. Refleksiya - bu inson ongi, fikrining o‘z ongi ustidan; o‘z qarashlari, psixologik holatlari, ularni baholash bo‘yicha fikr yuritishi; o‘zining fikri yuzasidan fikr yuritish; amaliy yo‘naltirilganlik: mifologiyada dunyoqarash muammolari amaliy vazifalar bilan (muvaffaqiyat, baxtli hayot, ochlikdan saqlanish, salomatlikni ehtiyot qilish) aloqadorligi.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling