1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Download 307.42 Kb.
bet41/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Merged document

Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin. Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo‘lib, unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo‘ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‘i turli yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi.
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato» kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq «ko‘p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo‘q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A. Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab chikqan to‘plam nazariyasi bir necha hal qilib bo‘lmaydigan paradokslarga uchragandan so‘ng, bu krizisdan qutilish uchun logitsizm, formalizm, konstruktivizm, intuitsionizm kabi oqimlar paydo bo‘ladi. Bular bunday ziddiyatni formal mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar.
Klassik mantiqqa asoslangan matematikada XA (x) ifoda quyidagicha o‘qiladi: «Hamma X A xossasiga ega». Klassik mantikqa ko‘ra, agar bu ifodalar arifmetika aksiomalariga mos kelsa, to‘g‘ri (chin) deb qabul qilinadi. Matematika uchta musbat sonlarning bir butuni h dan tuzilgan, uni
A (h)ning tashkil topish usuli qiziqtirmaydi. Intuitiv mantiqda bu sonning tuzilish usuli ma’lum bo‘lgandagina AxA (X) ifodasi chin (to‘g‘ri) hisoblanadi. A ning to‘g‘riligidan (chinligidan) V ning to‘g‘riligini bevosita keltirib chiqarish metodi ishlab chiqilgandagina, implikatsiya (a  v) chin (to‘g‘ri) hisoblanadi.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling