1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
Download 76.57 Kb.
|
1, мавзу Фалсафа маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi insonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir. Bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YuNESKO qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan «Jahon falsafa kunlari» ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongressi ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat, bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan XX Jahon falsafa kongressi «Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XX1 Jahon falsafa kongressida «Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz» mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XX jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida «Hozirgi davrda falsafani qayta anglash» degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi.
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. Shu sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam haqidagi barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan. Keyinroq, falsafa kengroq mazmunga ega bo‘lib, mustaqil fan sifatida shakllanadi va rivojlanadi. U tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi. Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga javob berishga harakat qilib kelganlar. Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan boshlanadi, uning olam haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson bilishining ob’ekti bo‘lgan olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham cheksizdir. Kishilar borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi, ularning o‘z turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va qarashlari miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi. Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining va o‘z atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va hodisalarning esa o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi haqida ma’lum tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar va tushunchalar uning borliqni, o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi o‘z o‘rnini qanday anglashini ifodalaydi. Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong darajasidagi qarashlaridir. Bu avvalo,inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Dunyoqarash, insonning o‘ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko‘nikmalari, bilimlari, malakalari hamda uning dunyoni amaliy va nazariy o‘zlashtirishi hamdir. Download 76.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling