1-mavzu. Falsafaning fan va duyoqarashga doir mohiyati. Reja


Download 76.48 Kb.
bet9/45
Sana02.01.2022
Hajmi76.48 Kb.
#185643
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
2-maruza

Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo‘lib, u «Inson nima?» degan savolni mohiyat e’tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma’naviy erkinlikka mansub bo‘lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o‘z-o‘zidan yaratish» natijasidir2.

Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ o‘zi uchun o‘zi hal qilishi lozim bo‘lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida e’tirof etiladi, zero, mazkur yo‘nalish namoyandalarining fikriga ko‘ra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu ta’biri bilan aytganda: “Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish demakdir”1. Masalan, pragmatizm asosiy e’tiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yo‘nalish vakillarining fikriga ko‘ra, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan shug‘ullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim.


Download 76.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling