1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Download 86.79 Kb.
bet11/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли

Fan va falsafaning mutanosibligi. Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ular faol o‘zaro ta’sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu hol shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o‘tgan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, o‘zining mavhum g‘oyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba’zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo‘lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” falsafaga qarshi qo‘yadi. Bunday qarashlar ssientistik deb, nazariy tafakkur yo‘nalishi esa – ssientizm (lot. ssientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Csientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antissientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e’lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini o‘z birligini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik (koevolyusiya) munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim.
Xulosalar. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch-e’tiqod bilan yo‘g‘rilgan.
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati. Falsafaning ahamiyati, uning insonni o‘z-o‘zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‘naltira olishidadir.



Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling