1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Download 86.79 Kb.
bet7/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли

Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafiy bilim va qarashlarning paydo bo‘lishi kishilarning dunyo va insonning mohiyatini nazariy tafakkurda anglab olish ehtiyojidan kelib chiqqan. Falsafiy dunyoqarashbu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokama va xulosa chiqarishlar, mantiqiy isbot va raddiyalar asosida nazariy fikr yuritishlar orqali dunyoni, butun borliqni tushunish va tushuntirish, izohlash va baholash tufayli hosil bo‘lgan bilim va qarashlardir. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafa fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda yuz beradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmay qoldi. Ular shuningdek sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati. Unda dunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishidadir. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. Ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.
Falsafiy tasavvurlar va tabiiy-ilmiy qarashlarni farqlash oson ish emas. Biroq falsafiy tasavvurlar tabiiy-ilmiy qarashlarga ta’sir ko‘rsatgani, xuddi shuningdek al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Ibn-Sino, Mirzo Ulug‘bek, I. Nyuton, A.Yeynshteyn kabi buyuk olimlarning ilmiy g‘oyalari zamirida ularning keng va teran falsafiy bilimlari yotishi shak-shubhasizdir. Ayni shu sababli ushbu mutafakkirlarning yaxlit falsafiy ta’limoti haqida bo‘lmasa ham ularning jiddiy falsafiy qarashlari haqida to‘la asos bilan so‘z yuritish mumkin.

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling