1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


Download 0.96 Mb.
bet1/37
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1554806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа



1-mavzu: FALSAFANING PRЕDMЕTI VA ASOSIY MAVZULARI.
FALSAFIY DUNYOHARASH. (2 soat)
1. Falsafani baqs mavzulari.
2.Falsafaning asosiy yo'nalishlari, funkciyalari.
3.Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Dunyoharash va uning tarihiy shakllari.
4. Mustaqillik va yangicha falsafiy dunyoharashni shakllantirish.

ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. Tarihiy hotirasiz kelajak yo'q. T., Sharq, 1998.


2. Karimov I. «Donishmand halqimizning mustaqkam irodasiga ishonaman». «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O'zbekiston, 1999
4. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017
5.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
6.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017
7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2016 yil 7 dekabr. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
8. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. /. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017.
9. Falsafa o'quv qo'llanma.T., SHarq.1999.
10. . «Основыфилософии». - Т. «Ўзбекистан», 1998.
11. Q. Nazarov (taqriri ostida) Falsafa asoslari. T., 2005.
12. J. Tulenov “Falsafa” darslik. T., 2007.
13. Ahmedova “Falsafa” o'quv qo'llanma. T., 2007.

Falsafa insoniyat tarihidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy muloqaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga hos, demak, uning o'zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, qayot va inson, umrning moqiyati, borliq va yo'qlik kabi ko'plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.


Falsafa qadimgi yunon tilidan olingan bo'lib «donishmandlikni sevish» ( «filo» sevaman, «sofiya» donolik) degan ma'noni anglatadi. qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga ma'lum, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Еvropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko'pdan-ko'p ilm soqalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuqrat topgan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid'at va cheklanishlarga muholif bo'lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoharashning shakllanishi uchun asos bo'lgan.
«Falsafa» atamasi «filosofiyaning» SHarq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma'nolarda qo'llanadi. Keng ma'noda uni antik- qadimgi falsafada «donishmandlikni sevish» deb tushinilgan. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi ingliz faylasufi T. Gobbs uni «to'qri fikrlash orqali bilishga erishish», « nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Feyerbah «bor narsani bilish», pragmatizm ta'limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deb talqin etgan.«Falsafa» tushunchasi tor ma'noda madaniyat, san'at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta'riflanadi. har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o'z davri hususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma'naviyatini o'zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini qal etishda qo'l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy, va Beruniylar asar va ta'limotlarida ular yashab o'tgan davr g’oyalari aks etgan.
Shuning uchun qam buyuk falsafiy ta'limotlarni, bir tomondan, madaniy intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o'zgarishlar taqazosi deyish mumkin. Falsafa kishilarga olam to'qrisida yahlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jiqatlarini o'rganadi. Masalan, o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarning kelib chiqishi o'zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Binobarin, biolog harqanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o'zi nima, uning moqiyati qandayq Masalaning aynan shu tahlitda qo'yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya'ni shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm soqasidagi yo'nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.
Falsafa fanining muammolari. O'z hususiyatlariga ko'ra, azaliy va o'tkinchi bo'lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo'lgan davrdayoq vujudga kelgan bo'lib, toki odamzod mavjud ekan yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo'yilaveradi.Ularni o'rganish jarayonida ilm- fan taraqqiy etib boradi.
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o'zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat qayotidagi adolat va qaqikat, yahshilik va yomonlik, urish va tinchlik, umrning mazmuni, va boshqa ko'pdan-ko'p masalalar falsafa va falsafiy bilim soqalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning moqiyati nimadan iborat, degan masalalar uzoq tarihga ega. qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala «Substanciya» tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga harab o'ziga hos ifodalangan. Substanciya deganda olam va dunyodagi narsalarning moqiyati to'qrisidagi fikr tushinilgan. Pifagor qamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo'lsa, Aflotun substanciya g’oyalar degan, Demoqrit esa, olamning asosida atomlar yotadi deb tushuntirgan. Bu masalalarni qay tarzda qal qilinishiga harab farqlanadigan falsafiy oqim va yo'nalishlar qam bor. Masalan, olamning asosida nima yotadi, uning moqiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm kabi falsafiy harashlar shakllangan.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan boqliq masalalar qam muhimdir. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis- bilish, logos- ta'limot) degan soqasi shuqullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni gnostiklar: olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to'qri va aniqqaqikat darajasiga ko'tarila olmaydi deguvchilarni- agnostiklar deb yuritiladi.
Olamdagi o'zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo'lishi kabi masalalar qam falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan boqliq muammolarni qal qilishga harab farqlanadigan bir necha ta'limot, harash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir.
Falsafaning umumbashariy fan ekanligi uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, qayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Falsafa yangi g’oyalarning tuqilishiga imkon beradi. qayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy boqliqqolda rivojlanadi. har bir tarihiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolar qo'yadi. Masalan, qozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izoqlash zarurati shu bilan belgilanadi.
2- masala; Avvalo, fan nima degan savolga javob bersak. Muayyan soqaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Hilma-hil fanlar bor. Tabiiy, ijtimoiy, aniq, tehnika fanlari soqalariga bo'linadi. Tarih, falsafa, adabiyotshanoslik, tilshunoslik kabi jamiyat va insonni o'rgatuvchi, ularni turli soqalarini qamrab oluvchi ijtimoiy fanlar qisoblanadi. Fizika, himiya, bialogiya, matematika bilim soqalari esa tabiiy fanlar soqasiga mansub. Biz qozirgi mavzuyimizda, asosan, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalarga to'htaymiz. Insonning o'z eqtiyojlarini qondirishga bo'lgan intilishi azaldan uning dunyoni bilishga harakatini yuzaga keltiradi. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi meqanizmga aylangan. Miloddan oldingi VII - II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yahshi bilamiz, albatta. O'sha davrlarda barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ana shu davrning o'rtalariga kelib “Ritorika” va “Politika” kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Keyinchalik falsafa tarqibidan matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Ijtimoiy va aniq fanlar tizimi shakllandi, ba'zi qadimiy aniq fanlarning o'zi qam muayyan soqalarga bo'linib ketdi.
Insonni bilish jarayoni takomillashib borgan sari mustaqil fanlar tizimi qam shakllanaveradi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichiga kelib mifologik, diniy harashlar olamni bilish talablariga javob bera olmay qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi uning qashshoqlashuvini emas, balki rivojlanish qususiyatlarini ko'rsatuvchi alomatga aylandi. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiyatshunoslik fanlari bilan birga psihologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar qam ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi soqalarni o'rganadigan aloqida yo'nalishlari qam paydo bo'ldi.
Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan soqasiga ko'ra o'ziga hos bo'lib, asosiylari quydagilardir:
Ontologiya- olam, inson va jamiyatning ob'ektiv universal moqiyati to'qrisidagi falsafiy ta'limotdir.
Gnoseologiya- bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish uzillari, shakli va imkoniyatlari to'qrisidagi ta'limotdir.
Aksiologiya- qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'qrisidagi falsafiy ta'limot.
Praqsiologiya-insonning predmeti-o'zgaruvchan, amaliy faoliyat to'qrisidagi falsafiy ta'linot.
Metodologiya- bilish va o'zgaruvchan faoliyat uzillari to'qrisidagi ta'limot.
Logika- tafakkur shakllari, qonuniyatlari haqidagi ta'limot.
Etika- aqloq falsafasi, insoniyatning aqloqiy tamoyillari, talab, tartib qoidalari to'qrisidagi fan.
Estetika- nafosat falsafasi. Go'zallikning o'rni qonun qoidalari to'qrisidagi harashlar majmui.
Bundan tashhari, inson falsafasi, ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi, san'at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), ququq falsafasi, tehnika falsafasi kabi soqalar qam mavjudki, ular bir so'z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi.
Falsafiy fanlar tizimida falsafa tarihi bilimning muhim tarmoqi qisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o'rtasidagi tarihiy izchilikka tayanadi.
har bir falsafiy bilim yo'nalishi jamiyat rivojlanishida o'ziga hos determenant (sabab) vazifasini bajaradi.
Shuni aytish kerakki, harqanday falsafiy bilim, dastlab g’oya tarzida shakllanadi. Falsafiy g’oya insoniyat oldida turgan muayyan muammoni anglash va uni qal qilish maqsadi, uslub va vositalarning ifodasidir.
Falsafaning ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni va aqamiyati uning dunyoharashini shakllantirish, uslubiy gnoseologik, evristik, pedogogik- didaktik, progseologik vazifalari (funkciyalari) bilan belgilanadi.
Falsafa fan sifatida dunyoharashni shakllantirish borasida birinchidan inson harashlarining shakllanish imkoniyatlari, uzil va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy g’oyalar darajasiga ko'tarilish jarayoni, mifologik dunyoharashidan farqlarini, ikkinchidan, milliy dunyoharashini shakllantirishdagi turli fan yo'nalishlarini muayyan vazifalarini, ularni bir-biri bilan g’oyaviy qamkorlik qilish va uyqunlashuv tamoyilini aniqlashda namoyon bo'ladi.falsafaning uslubiy vazifasi uning boshqa fanlar uchun bilishning uzil va vositalarini aniqlash metodologik yordam berishidir.
Uning gnoseologik vazifasi borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratish bilan boqliq. Gnoseologik funkciyasi ong va dunyoni bilish masalasiga baqishlangan ma'ruzalarimizda ancha batafsil ma'lumotlar berish ko'zda tutilgan.
Falsafaning evristik funkciyasi (“evrika” grekcha so'z bo'lib, kashf etish, degan ma'noni anglatadi.) gnoseologik vazifasi bilan boqliq bo'lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni harakatlaydi. Shu bilan birga bu funkciyaga o'zini o'zi anglashi, milliy o'zlikni anglashni qam kiritish maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o'zlikni anglashi o'z tarihining haqqoniy qirralarini va kelajak istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi.
Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma'naviy barkamollikka etishishda falsafaning o'rni va aqamiyati kattadir. Hususan, “Aqloq falsafasi” kishida yuksak aqloqiy me'yorlar-vatanparvarlik, meqnatsevarlik, g’oyaviylik, e'tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va ma'suliyati qis etish tuyqularini tarbiyalaydi.
“ququq falsafasi” ququqiy ongni, ququqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratni boshqa ququqiy uzil va vositalarni nazariy-amaliy jiqatlaridan ishlab chiqadi.
Falsafaning proksiologik funkciyasi falsafiy g’oya va nazariyalarning ijtimoiy qayotga amaliy tatbiq etishi bilan izoqlanadi.
Keltirilgan funkciyalarni o'zaro ichki boqliqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy aqamiyatini belgilab beradi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling