1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


Download 0.96 Mb.
bet8/37
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1554806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

2-masala.XVII asrning ilmiy istiqboli. Olamning mehanistik manzarasining yaratilishi.
XVI asrning ohiri va XVII asrning boshlaridagi harbiy Еvropadagi inkilob falsafiy fikr taraqqiyotida samarali davrni boshlab berdi. Jamiyatning, avvalo ishlab chiharish resurslari taraqqiyotining eqtiyoji tabiat va undagi hodisalarning ilmiy bilish jarayonini tezlashtirdi, chunki ularning rivojlanishidan sanoatchilar juda manfaatdor edi. Bu davrda yashab ijod etgan olimlar yangi jamiyatning shakllantirish uchun boshlangan g’oyaviy harakatda faol ishtirok etdilar. Ishlab chiharuvchi kuchlarning rivoji va u bilan boqliq bo'lgan buyuk kashfiyotlar yangi jamiyatning aqliy imkoniyatining kengaytirdi.
Osmon va erdagi jismlarning massasining mehaniqasi o'sha davr tabiat ilmining diqqat markazida turgan edi. Mehaniqa fani yirik yutuqlarga erishdi: moddiy jismlarning mehaniqharakati qonunning matematik shakli aniqlandi. Tabiatshunoslikning boshqa soqalari qali etarli rivojlanmaganidan, o'sha davr olimlari mehaniqa va matematikani barcha hodisalarga tadbiq etish mumkin bo'lgan umumiy fan sifatida olib harashdi. Mehanicizm ta'limoticha, har bir jismning holati boshqa jismning holatiga, shuningdek jismning tengligi yoki harakat sababi boshqa jismning harakati yoki tengligiga boqliq.
Olamning mehanicistik nazariyasini yaratishda I.Nьyuton (1643-1727) aloqida o'rin egallaydi. Uning «Naturfalsafasining matematik asoslari» asarlari mehanicistik tabiatshunoslikda yangicha yo'nalishni boshlab berdi. Nьyuton tomonidan yaratilgan olamning mehaniq manzarasi shunday: Koinot o'zaro tortiluvchi, o'zaro ta'sirida buluvchi aloqida diskret jismlardan iborat. Bu jismlarning harakati qat'iy mehaniq sababli boqlanishga ega bo'lib, bu harakat bo'm-bo'sh fazoda ro'y beradi. Olam o'zgarmas, uning fizikaviy manzarasida taraqqiyot g’oyalariga o'rin yo'q.
Yangi davr fan taraqqiyoti shu bilan birga falsafada qam yangi muammolarni va ularga yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirdi.
XVII asr falsafasi harshisida turgan muammolarni tushunib olmoq uchun, birinchidan, yangicha fan ko'rinishi tajribaviy-riyoziy tabiatshunoslikni o'ziga hosligini va ikkinchidan, bu davr dunyoharashida fan etuk o'rinni egallaganidan, u qolda falsafaga qam birinchi o'ringa bilish nazariyasi - gneseologiya muammolari chiqqanligini hisobga olish kerak.
Renessans va renessans falsafasi tabiatshunoslikka yangi mazmun bahsh etish uchun yangi uslublarni o'zlashtirishni o'ziga bayroqqilib olgan edi. Uzoq vaqt bu o'zlashtirish jarayoni sholastika gegemonligi tazyikcha uchrab keldi. Renessans falsafasi bilan yangi zamon falsafasi o'rtasidagi aniq chegarani ko'rsatish qiyin. Italiya va Еvropada renessans g’oyalari to'liqqalaba qilmagan bir sharoitda Frensis Beqon va Rene Dekartlarning falsafiy harashlari shakllandi.
O'rta asrlar sholastikadan renessans davri tafakkuri voz kechayotgan bir payitda, jamiyatda enligina shakllanayotgan T-P munosabatlari feodal tartibotlarga harshi chiqayotgan edi. Aytish mumkinki, «anglangan manfaat va anglangan harashlar» davr talabi edi. Beqon va Dekartlar yangi shakllanayotgan sanoatchilar manfaatini qimoya qilib chiqishgan edi.
Frensis Bekon (1561-1626)
Uning fikricha, Tabiat haqidagi bilimlarni tabiatning «o'zi»dan olish mumkinligiga ishonch hosil qilish kerak. Uning asarlarini ikki guruqga bo'lish mumkin. Birinchi guruqga ilmiy bilishga baqishlangan asarlar, ikkinchi garahga esa siyosiy asarlar kiradi. Beqon falsafasi jamiyatda ob'ektiv eqtiyojlardan kelib chiqqan bo'lib, progressiv kuchlar manfaatini qimoya qilar edi. Uning tayanchi tabiatdagi, jamiyatdagi hodisalarni kuzatish edi. U mushohadaga (sozercanie) asoslangan falsafani inkor etadi, tajribaviy bilimlarni ilgari suradi. Asari «Еstestvennoe i eksperimentalьnoe opisanie osnovaniyu filosofii».
Fanning rivojlanishi yo'llaridan biri to'qri tafakkur etishga o'rganishdir. Buning uchun esa tabiatni bilishga qalaqit beruvchi va kishi aqlini cho'lqab olayotgan idollardan yoki adashishlardan qalos bo'lish zarur. Beqon aniq va to'qri bilim olishda to'sqinlik qiluvchi to'rt ko'rinishdagi idollarni sanab o'tdi:
Uruq idoli - bu inson tabiatning zamonida yotadi. Kishilar sub'ektiv sezgilarini tabiat buyumlarining hususiyati deb da'vo qilishadi. Natijada moddiy olamni bo'zib, noto'qri aks ettiruvchi yolqon tushunchalar, obrazlar vujudga keladi.
qor idoli - aloqida bir odamning sub'ektiv dunyosidir. Bu idol tuqma bo'lib yoki tarbiyadan qam kelib chiqishi mumkin. Unda barcha narsalar to'qrisida faqat o'zining nuqtai nazari bo'yicha hukm yurgizishni odatga aylanadi.
Maydon idoli - Beqon ta'limoticha bozor va maydonlarda ko'p tarqalgan so'zlarni noto'qri ishlatishi natijasida vujudga kelgan.
Teatr idoli - avtoritetlar, hususan umumiy tan olingan falsafiy ta'limotlarning obro'si oldida sajda qilishdir. Beqonning insonning adashishlari haqidagi ta'limoti muhim aqamiyatga ega edi, chunki u bilish masalalariga ilmiy yondashish zarurligiga asoslangan edi.
Shuningdek, falsafa fan tarihida Beqonning yana bir hizmati shuki, u induktiv bilish uslubini ishlab chiqdi. Bu uslub tabiatni tajriba asosida bilishga haratilgan asosiy ilqor uslub edi. Uning moqiyati quyidagilardan iboratdir:
a) dalillarni kuzata borish;
b) ularni sistemalashtirish va turlarga bo'lish;
v) ularni keraksiz dalillardan tozalash;
g) voqealarni tarqibiy qismlarga bo'lish;
d) dalillarni tajribada tekshirib chiqish;
e) dalillarni umumiylashtirish.
Shu tarzda Beqon empirizm uslubini ishlab chiqdi.
Rene Dekart (1596-1650)
Bilish nazariyasi tarihida empirizm uslubiga Beqon asos solgan bo'lsa, racionalizm uslubiga francuz Rene Dekart asos solgan. U yashagan davrda burjua munosabatlari yahshi shakllanmagan bo'lib, mamlakat mutloq monarhiya tizimi hukm surar edi. Uning ta'limoticha tabiatni bilishning birdan-bir manbai, yo'li, uslubi - aqliy bilishga asoslangan deduktiv uslubdir. Ilmiy bilimlarning kelib chiqishi, rivojlanishida aql benihoya muhim rolь o'ynaydi. Faqat aqlning yordamida inson o'ziga zarur bo'lgan qaqikatga erishishi mumikn. qaqikat esa bu aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan va shubhasiz bo'lgan nazariy hulosalardir.
Bilishning birdan-bir manbai tafakkurdir. Racionalist sifatida Dekart sezgilarning bilishdagi rolini pasaytiradi. Uningcha ko'z, qo'loq, til, badan va burun tashqi dunyo to'qrisida noto'qri ma'lumot beradi. Shuning uchun bilishning manbai qam, bilimlarimizning qaqikat o'lchovi qam aqldir. har ikkala bilish uslubini bir-biridan ustun qo'yish to'qri emas. Empirizm va racionalizmning cheklanganligi ana shunda.
O'rta asrlardagi Еvropa falsafasi taraqqiyotida Franciyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o'rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Lametri, Gelьveciy, Didro, Golbah va Rus-solarning harashlari nihoyatda muhim. R. Dekart (1596-1650) falsafasida dualizm asosiy o'rin tutadi. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va hudoga bo'ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga boqliq bo'lmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhur bo'lib qisoblanadi. Bilishda fikr va sezgilarning aqamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart racionalizm ta'limotining asoschisi bo'lib qisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va muloqaza qilishi shubha ostiga olib bo'lmaydigan jarayondir, undan boshqa qamma narsani tekshirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o'sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo'lib, o'z davrida aniq fanlar sohasida katta aqamiyat kasb etgan dedukciya uzilini falsafaga kiritgan olim bo'lib qisoblanadi.
Lametri va Gelьveciy, Didro va Golbah o'z davrida francuz qayotida nihoyatda katta aqamiyatga ega bo'lgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va qaq-huquqlari muammolariga aloqida e'tibor haratganlar. Francuz millatini ma'naviy jiqatdan yuksaklikka ko'tarish va ma'rifatli halqqa aylantirish uchun o'z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yo'llari va uzillarini ko'rsatib berganlar. Ular tomonidan yaratilgan ko'p tomlik «Enciklopediya» o'sha zamonning ma'naviy muammolarini ma'rifatli yo'l bilan hal qilish uzillari va imkoniyatlari ko'rsatib berilgan «Еvropa komusi» darajasiga ko'tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko'pgina ma'rifatparvar francuz olim va mutahassislari qam qatnashgan bo'lib, o'zining aqamiyati, muammolarining umuminsoniy nuqtai nazaridan echilishi, halqchilligi va tilining francuz millati qayot tarziga yaqinligi bilan enciklopediya HVIII asr Еvropasining tengi yo'q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari o'zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi Francuz istiqboli qabul qilingan «Inson va grajdanlar huquqlar deklaraciyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiyat taraqqiyotining eng ustivor ma'naviy mezonlariga aylantirdilar.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling