1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


-ma'ruza. San'atning nafosatli moqiyati, uning turlari


Download 0.96 Mb.
bet37/37
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1554806
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

3-ma'ruza. San'atning nafosatli moqiyati, uning turlari.
SHahsning nafosatli tarbiyasi. (2-soat).
RЕJA:
1. San'atning vujudga kelishi va uning nafosatli moqiyati.
2. San'at turlari.
3. Badiiy ijod nafosatli faoliyatning bir turidir.
4. Shahs kamolotida nafosatli tarbiyaning ahamiyati.

ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., «O'zbekiston», 1995.
3. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O'zbekiston», 1999.
4. Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustaqkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000 yil, 8-iyun.
5. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017
6..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
7.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
8. Umarov E. Estetika. Toshkent «Uzbekiston. 1995.
9. ШестаковВ.П. Эстетическоякатегория. Москва. Наука.1993.
10. Mahmudov. T. Go`zallikvahayot. Toshkent. 1982.
11. Эстетика. Словарь. Москва. Изд. «Полит. Литература. 1989.
12. Goibov N. San'at tarakkiyotining ba'zi masalalari. Toshkent. G. Gulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1980.
13. МахмудовТ. Эстетикаидуховныеценности. Тошкент. «Шарк». 1993.


1-masala. San'at keng ma'noli tushunchadir. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa, raqs, nazm (she'riyat)ni san'at deb bilar edilar. O'rta asrlarda esa san'at tarkibiga tasviriy san'at, kasallarni davolash va dorihona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda «san'at» so'zi «voqelikni badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirish», «ishning ko'zini bili shva maqorat ko'rsatish jarayoni», «biror ishni bajarishdagi maqorat darajasi» ma'nolarida qo'llaniladi. Chunonchi deqqonchilik, temirchilik, oshpazlik, o'qituvchilik, yozuvchilik, rassomlik, vrachlik, shofyorlik san'ati va boshqalar.
San'at tushunchasining bunday keng ma'noda talqin etilishi bejiz emas. Zero, san'at inson meqnati, aql-idroki bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan turini anglatadi. har bir san'at asarida shahsning o'ziga hos qobiliyati, iste'dodi namoyon bo'ladi. San'at insonning maqorati bilan chambarchas boqlanib ketgan.
San'at qozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan boqliqqolda rivojlanib kelgan. O'zbekiston hududi Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa manzillarda uchraydigan qoyalarga o'yib tushirilgan yovvoyi qayvonlarning tasvirlari qozirgi davr nuqtai nazaridan yuksak estetik qiymatga ega. Hususan, O'zbekiston hududida Zaravutsoy, Sarmishsoy, qoracharvoqsoy, Taqatosh, Teraklisoy, Tutlisoy, CHadaksoy, SHo'rbuloqsoy kabi erlarda ov manzaralarini ifodalovchi tasviriy san'at yodgorliklarini uchratamiz.
San'at uzoq o'tmishda inson meqnati bilan uyqun tarzda rivojlanib borgan.
Insoniyatning ibtidosi davri faqat qoyalarga o'yib tushirilgan tasviriy san'at bilan cheklanmaydi. Bu davrda badiiy faoliyat afsonaviy tafakkur tarzida rivojlangan va turli halqlar o'z afsonalarini yaratganlar. Afsonalarda diniy mazmun keng o'rin olgan. Yunonlarning Zevs va uning farzandlari qaqidagi afsonalar bunga misol bo'la oladi. Markaziy Osiyoda esa Mitra, Anahita, Kayumars, Elikbek qaqidagi afsonalar yaratilgan.
Shunday qilib san'atning vujudga kelishi insoniyat qadimgi ajdodlari meqnat faoliyatini tasvirlash tarzida (masalan ov qilish) yuzaga kelib rivojlanib borgan.
San'at qissiyotlar, tuyqular bilan tirik, u qissiy ta'sir etish, ibrat ko'rsatish, tarbiya berish qudratiga ega.
San'at insonga voqelikni badiiy vositalar orqali yanada to'laqonli, jozibali anglashga yordam beradi. San'at asarlari insonda qis-tuyqular, hilma-hil kechinmalar qo'zqab, inson diliga, uning ruqiga ta'sir o'tkazadi. San'atning nafosatli moqiyati anna shunda namoyon bo'ladi.
2-masala. San'at asarlari yaratish badiiy ijod turi qisoblanadi. Ular insoniyat badiiy madaniyatning asosini tashkil etadi. Demak, san'at va uning turlari badiiy madaniyatda muhim o'rin tutadi. Uzoq davom etgan tarihiy taraqqiyot natijasida san'at bir necha turlarga ajralgan. Bular adabiyot, me'morchilik, musiqa, tasviriy san'at va boshqalardan iboratdir. Mazkur san'at turlari o'z ichida yana bir qancha turlarga ya'ni janrlarga bo'linib ketishini ham ko'rishimiz mumkin. Masalan, adabiyot halq oqzaki ijodi, she'riyat va uning turlari; proza va uning turlari; drama va uning turlariga; tasviriy san'at - qaykaltaroshlik, rang-tasvir (musavvirlik), grafika va boshqalarga bo'linib ketadi.
Mazkur san'at turlari bir-birining o'rnini bosolmaydi. Ularning har biri mustaqil, o'zicha nodir va betakror bo'lib, voqelikning bir tomonini bevosita aks ettiradi. Masalan, badiiy adabiyot qayotni keng va teran aks ettirib, inson ruqiy-aqliy tomonlarini ochib berishda boshqa san'at turlariga nisbatan keng imkoniyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.
San'at turlari inson dunyoharashini shakllantirishda o'ziga hos turli vazifalarni bajarishi bilan ham bir-biridan farqlanib turadi. Chunonchi, musiqa - inson qis-tuyqu madaniyatini; tasviriy san'at - inson sinchkov kuzatish madaniyatini; ochiq saqna (estrada) va cirk san'ati esa inson ko'ngil ochish, tomosha madaniyatini yuksaltirishga hizmat qiladi.
Turli tarihiy davrlarda, turli halqlar, mamlakatlar qayotida o'z davrining badiiy qiyofasini belgilab beradigan san'atning u yoki bu turi etakchi o'rinni egallagan va keng rivoj topgan. Masalan, qadimgi Misrda barcha san'at turlari rivoj topgan bo'lib, ular orasida me'morchilik, Hindistonda musiqa va raqs (shundan bo'lsa kerak qozirgi davrga qadar Hindistonda musiqa va raqs, unga qo'shilib qo'shiq inson qis-tuyqusiga nozik ta'sir etish quvvatini saqlab kelayotir), Hitoyda rang-tasvir (shundan bo'lsa kerak hozirgacha Hitoyda tabiat ko'rinishlari qoyat nozik va didli suratda aks ettiriladi), Eron va Turonda halq amaliy san'ati (kulolchilik, gilamdo'zlik va zargarlik), Yunoniston va Rimda haykaltaroshlik ravnaq topgan edi. Milodiy davr boshlarida Rim va Vizantiyada tasviriy san'at, arablarda so'z san'ati, islom SHarqida ilk Uyqonish davrida (IX-XII) badiiy madaniyatning nazm va me'morchilik soqalari (Minorai Kalon, Somoniylar maqbarasi, qutadqu bilik va boshqalar bunga misol bo'la oladi) baland cho'qqilarga ko'tarildi. Ovro'po Uyqonish davrida Italiyada tasviriy san'at (Leonardo da Vinchi); Angliyada teatr san'ati (Vilьyam Shekspir), Germaniyada musiqa san'ati, XIX asrda Rusiyada badiiy adabiyot (Pushkin, Lemontov) rivoji yaqqol ko'zga tashlanadi.
Endi san'atning ayrim turlari, ularning janr, inson - qis-tuyqusiga ta'sir etish hususiyatlari qaqida fikr yuritamiz.
San'at turlari orasida badiiy adabiyot aloqida o'rin tutadi. Badiiy adabiyotning o'ziga hos tomoni uning so'z orqali namoyon bo'lishidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyotni so'z san'ati deb ham yuritadilar. So'z san'ati esa - oqzaki va yozma ko'rinishga ega. So'z san'ati dastlab oqzaki shaklda yuzagsha kelgan. Hususan halq oqzaki ijodi - meqnat qo'shiqlari, dostonlar, ertaklar bunga misol bo'la oladi. qozirda o'zbek halqi qayotida san'atning oqzaki shakli o'zbek badiiy so'z ustalari, askiyachilar, bahshilar, dostonchilar, qiziqchilar, ertakchilar, alla, yor-yor va alla aytuvchilar ijodida saqlanib kelmoqda. Ular kishilarga betakror nafis zavq-shavq baqishlab kelayotganiga hammamiz ham guvohmiz. Mustaqillik yillari san'atning bu turini tiklash va rivojlantirishga aloqida e'tibor haratib kelinmoqda. Chunonchi, O'zbekiston bahshilarining ana'anaviy ko'riklari (bu san'at turi O'zbekistonda, Samarqand, Horazm va Surhondaryo viloyatlarida nisbatan keng rivojlangan), «aynan jaqon»ning «halq ijodi» ko'rsatuvlari, joylarda halq ijodi dastalari ko'riklari, askiyachilar ko'rigi (bu san'at turi ko'proq Farqona vodiysida rivoj topgan) o'tkazib kelinmoqda.
Yozma adabiyotning ham asosiy moddiy quroli, tasviriy - ifoda vositasi - so'zdir. So'z - fikr ifodasi, fikr bayonidir. So'z tufayli insoniyat to'plagan aqliy boylik kelajak avlodlarga etib keladi. So'z insoniyat madaniyatning eng muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning vositasida moddiy va ma'naviy tu solgan yozma adabiyot san'atning aqliy to'yintirilgan turiga aylandi. Moddiy va ma'naviy olam, insonning aqliy va ma'naviy dunyosi yozma adabiyotda eng teran, har tomonlama aks etadi.
O'zbek halqi yozma so'zning buyuk soqiblari Navыoiy, Mashrab, qodiriy, CHo'lpon, Oybek va boshqalar inson ichki dunyosining butun rango-rangligi, boyligi, murakkabligini ajoyib maqorat bilan ifodalash qobiliyatiga ega bo'lganliklari bilan ajralib turadilar. San'at turi sifatida badiiy adabiyot o'zining ichki tizimiga, ko'rinishi va turiga, uslubiga ega. Bu jihatdan badiiy adabiyot uchta adabiy to'rni - epik (sochma erkin bayon) lirik (she'riyat) dramatik ko'rinishlarni hamrab oladi.
Adabiyotning epik turi qaqida so'z yuritilganda o'zbek adabiyotida Yusuf Hos Hojibning «qutadqu bilik», Firdavsiyning «Shoqnoma», Navoiyning «hamsa» siga kiritilgan; «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sa'bai sayyora», «Sadi Iskandariy» dostonlari, A.qodiriyning «O'tgan kunlar», CHo'lponning «Kecha va kunduz», Oybekning «Navoiy», Primqul qodirovning «Bobur», «Humoyun va Akbar» kabi asarlari ko'z o'ngimizda gavdalanadi. YUqoridagilarning ayrimlarida nazm, ayrimlarida nasriy uslubda voqelik yuksak badiiylik bilan bayon qilingan.
Badiiy adabiyotning dramaturgiya turi saqnalashtirishga mo'ljallangan bo'lib, uning asosini ziddiyat (konflikt) tashkil qiladi. Dramatik asarlarda o'z oldilariga aniq-ravshan maqsad va vazifalar qo'ygan irodali kishilar yuzma-yuz kelib to'qnashadilar. Ularning suqbatlari (diologlari) orqali tomoshabinga ta'sir o'tkaziladi.
Shunday qilib, badiiy adabiyotning turlari o'z navbatida bir necha hil va ko'rinishlarga bo'linadi. Chunonchi epik tur - halq eposi - epik doston, roman - epopeya (bir necha kitob-roman), roman, qissa; lirik tur - qasida, tuyuq, ruboiy, qazal, she'r; dramatik tur - fojia (tragediya), komediya, drama kabi ko'rinishlarga ega ekanligini ko'ramiz.
Endi ikki oqiz so'z qozirgi yoshlarimizning san'atning badiiy adabiyot barcha turlariga munosabati, qabul qilishi qaqida. Shuni afsus bilan qayd etish lozimki, aksariyat yoshlarimizning badiiy adabiyot namunalarini o'qishga qiziqish darajalari past, qatto yillab biror rolini qissa, she'r o'qimaydilar. qanday yozuvchi, shoir, dramaturg borligi, bo'lganligi, qanday asarlarni yozganligini bilmaydilar. Shuningdek teatrlarimizga keluvchi tomoshabinlar sonining yildan-yilga kmayib borganligini nima bilan izoqlash mumkin. Albatta bularning o'z sababi bo'lishi mumkin. Ammo, eng achinarlisi shundaki, bu jarayon yoshlarimizning nafosatli (estetik) qis-tuyqusi, didining o'tmaslashib qolishiga olib keladi…
Endi tasviriy san'at turi qaqida fikr yuritamiz. Tasviriy san'at tizimiga musavvirlik, qaykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika) mansub bo'lib, ularning vujudga kelishi insoniyat tarihining eng qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Tasviriy san'at o'zining estetik hislatlariga va estetik maqomiga ega bo'lib borgani sari uning ayrim turalari va janrlari ajralib chiqa boshladi. Tasviriy san'at turlari o'zaro boqliq, biri ikkinchisini to'ldirib turadi. Garchi tasviriy san'at turlari bir-biridan voqelik manzarasini o'ziga ho saks ettirishi bilan farqqilsada, lekin pirovardida ular bir tizimga birlashadilar.
Tasviriy san'at asarlari monumental va dastgoq ko'rinishlariga ega. Monumental deyilganda qajm jihatidan katta, me'morchilik, park, boq san'atiga, shuningdek, biror bir botiniy muqitga mo'ljallangan san'at asari tushuniladi. Masalan, Amir Temur maydonidagi Amir Temur qaykali; O'zbekiston Milliy boqi va shoirlar qiyobonidagi Alisher Navoiy qaykallari bunga misol bo'la oladi.
Dastgoq asari san'atkor tomonidan erkin ijodiy faoliyat tufayli yaratilib, ularni qoqlagan joyga muzey yoki o'quv darshonalariga quyish va namoyish etish mumkin.
Tasviriy san'atning eng muhim turlaridan biri - qaykaltaroshlikdir. U jonli mavjudotlar - asosan insonni, qisman jonivorlarni qajmli shakllarda aks ettiradi. Marmartosh, oddiy tosh, harsangtosh, yoqoch, metal, gips va boshqalar qaykaltaroshlik uchun moddiy ashyolar sifatida hizmat qiladi.
Haykaltaroshlikda asosan inson tashqi qiyofasi, uning moddiyligi yoritiladi. Ayni vaqtda insonning ichki dunyosi, kechinmalari, fikr-tuyqulari ham undan o'rin oladi. Ya'ni fikr va tuyqular inson tanasi harakati orqali beriladi. Bu san'at turining o'ziga hos tomoni shundaki harkatsiz qolatda harkat taassuroti yaratiladi. Bu juda qiyin va murakkab. Haykaltaroshning san'ati uni yarata olish va ko'rsata olishda. YUqorida aytganimiz - Amir Temur, Alisher Navoiy, Uluqbek, Bobu rva boshqa uluq siymolarning qaykallari, avvalo harakat bilan to'lib toshgan. Yoki bunday holni mashhur Yunon qaykaltaroshi Mironning «Disk otuvchi» asari yoki go'zallik va muqabbat ramzi bo'lgan Afroditaga baqishlangan qaykallarda ko'rishimiz mumkin.
qaykaltaroshlik bizning o'lkada qadimdan rivoj topgan. Bunga Surhondaryo viloyatida Kushonlar davriga oid buddizmga hos haykaltaroshlik namunalari, Samarqandning qadimiy o'rni Afrosiyobdan topilgan haykalchalar misol bo'la oladi.
Halqqaqramonlari fan va madaniyat arboblari, fidoyi kishilarga qo'yilgan yodgorlik qaykallari tarihiy voqealarni aks ettirib, tarqibot-tashviqot, ahborot, tarbiya, estetik didni o'stirish va boshqa ko'p vazifalarni bajaradi.
Tasviriy san'atning yana bir muhim turi musavvirlik ya'ni rangtasvir san'ati sanaladi. Bunda bo'yoqlar, chiziqlar va ular aralashmasidan foydalanib, dunyoning barcha manzaralari aks ettiriladi. Ularning markazida esa inson turadi.
Musavvirlikning naqqoshlik, yodgorlik va dastgoqlik (namoyish etishga mo'ljallangan) turlari mavjud.
Tasviriy san'atning o'ziga hos nafis bu turi insoniyat tafakkurining noyob namunasi sifatida kishilarni necha asrlardan buyon o'ziga rom qilib kelmoqda. O'zbekiston qududida qadimdan rangtasvir san'ati rivojlanganligini Afrosiyobdagi devoriy rasmlar, Varahsha va Bolalitepa tasviriy namunalaridan bilish mumkin. Ular o'tmish ajdodlarimizning go'zallik borasida erishgan yutuqlaridan qikoya qilibgina qolmay, balki shu bilan birga tarih sirlarini ochib beruvchi ko'zgu vazifasini ham bajaradi. Bu san'at turining mashhur vakillari Leonardo da Vinchi, Rafaelь Santi, Rembrand, Karl Bryullov sanaladi. Bu san'at turi bo'yicha vatandoshlarimiz va zamondoshlarimiz Kamoliddin Beqzod, O'rol Tansiqboev, Abdulqaq Abdullaev, Raqim Ahmedov, Malik Nabiev, Alisher Mirzaev va boshqalarning ijodi diqqatga sazovordir.
YUqoridagilardan tashhari ifodali san'at turlari ham bo'lib, unga bezakli-amaliy, me'morchilik va musiqa san'ati turlari kiradi. San'atning bu ijod turlari o'zining qoyaviy-estetik bur-vazifalarini ifodali vosittalar orqali amalga oshiradi.
Bezakli-amaliy san'at turi tasviriy san'at turiga yaqin turadi. Farq shundaki, bezakli-amaliy san'at amaliy maqsadlarga mo'ljallangan bo'lib, ularning badiiy qiymati foydali-amaliy qiymatidan kelib chiqadi.
Bezakli-amaliy san'at asosan maishiy turmush eqtiyojlariga hizmat qiladigan narsa-buyumlardan iborat. Bunda narsa-buyumning amaliy va estetik hislatlariga qoyaviy-badiiy ifodalililk qo'shilib san'at asari darajasiga ko'tariladi. Narsa - buyumga o'ziga hos ravishda - ya'ni mutanosiblik, vazn-ohang, tomonlar tengligi va bezak beriladi. Bezak esa naqsh bilan boqliq bo'ladi. Naqsh narsa - buyumning badiiy shaklga aylanishidir. Naqsh insonda quvonch va qayqu, osoyishtalik va bezovtalik kabi tuyqu va kayfiyatlarni ifodalaydi .
O'zbek milliy naqshi azaldan-masjid, minora, maqbara, madrasa kabi me'morchilik ishlarini amalga oshirishda; amaliy san'at - zardo'zlik (Buhoro), gilamdo'zlik (Hiva), kulolchilik (Farqona), duradgorlik, tikuvchilik va boshqalarda bezak vazifasini o'tab keladi. Bu soqada o'zbek milliy san'ati o'ziga hos, takrorlanmas hususiyatlarga ega.
San'at turlari orasida me'morchilik aloqida o'rin tutadi. U ham moddiy, ham ma'naviy madaniyatga taalluqli. Donishmandlar me'morchilikni «qotishma» musiqa yoki «toshdagi doston» deb ta'riflaganlar. Me'morchilik davr qiyofasini ijtimoiy-ifodali ko'rinishda yaratadi. Agar musiqada qiyofa eshitish orqali idrok qilinsa, me'morchilikda qiyofa ko'rish orqali idrok qilishga mo'ljallangan.
Gap shundaki me'morchilik binolari va inshoatlarini ko'rar ekanmiz, go'yo tarihning «tosh varaqalarning» ko'zdan kechirganday bo'lamiz. Bunda insonda turli - his-tuyqular yuzaga keladi. Chunonchi qururlanish, o'tmishga qurmat hissi o'tmish tarih daqshatli, suronli hodislari qayolot dunyomizni chulqab olish hissiyoti kabi holatni boshimizdan kechiramiz… Chunki, Samarqand, SHaqrisabz, buhoro, Hiva, qo'qon shaharlarida bunyod etilgan me'morchilik obidalari o'zining mazmundorligi va mo'jizaviyli jihatdan Misr saqanalari (piramida), Afinaning Akropolidan qolishmaydi.
qozirgi me'morchilik ayrim binolar yoki ularning majmuini (Registon singari) yaratishga emas, balki me'morchilik ijodining oliy ko'rinishi bo'lgan shahar bunyod etishga mo'ljallanganligi bilan ajralib turadi. Mustaqil O'zbekistonning har bir shaqri me'morchilikning eng yahshi namunalarini erkin rejalashtirish asosida barpo etilmoqda.
Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kirib, voqea-hodisalarni ifodali aks ettiradi. Musiqa eshitish vositasida idrok qilinadi. U inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyqu va kayfiyatlarini ifodalydi. U dunyo to'qrisida tuyqu va kayfiyatlar hosil qiladi. Ya'ni musiqa voqelikning hissiy tuyquli qiyofasini yaratadi.
Musiqa san'atining kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayqurish, qayol surish, birdamlik, tushkinlik kabi inson ruqiy holatlarini namoyish eta oladi.
O'zbek milliy musiqasining durdonasi bo'lgan «Shoshmaqom» halqining murakkab tarihi, kechinmalari, zavq-shavqi, qayqu-hasratlari, orzu-umidlari teran, chuqur, nafis, jozibali, eqtirosli ifoda etganki, uni tinglagan kishi beihtiyor shirin qayolot dunyosiga sho'nqib ketadi.
Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan suqorilgan bo'ladi, musiqada qayot va o'lim, shahs va jamiyat, ezguli va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi.
Musiqa san'atida kuy asarning tanasidagi qoni, qalbidagi joni, yuragi sanaladi. Musiqa ijro etiladigan san'atdir. Musiqa san'ati ijro etilish jarayonida jonlanadi, «tilga kiradi». Musiqa insonni tarbiyalash vositasi bo'lib, unda yuksak fikr va tuyqular, nafosat didi va orzular hosil qiladi, dard, ham-alam, tashvishlardan forig qiladi. qani eslaylik, A.qodiriyning «O'tgan kunlar» romanida Otabek nima uchun tushkunlik, horqinlik holatiga tushganda qahvaqoda sozanda qanday kuyni ijro etay deganda, O'zbekiston halq artisti M.Aqmedov qoyil-muqom, me'yoriga etkazib kuylagan ayrilish, ayriliq kuyi «O'rtar»ni ijro etishni so'raydi… Bu erda kuy va qo'shiqqo'shilib inson ichki tuyqusi qat-qatlariga kirib boradi…
Ifodali san'at tizimida raqs, qo'shiqchilik, san'atlari hammuhim o'rin tutadi.
qozirgi davrda tomosha-qorishma san'at turlari - teatr, ochiq saqna (estrada), cirk, kino, «oynai jaqon» ham inson estetik his-tuyqusiga ta'sir etuvchi, tarbiyalovchi sifatida katta ahamiyat kasb etgan.
3-masala. Inson o'zining sezgisi, idroki, tasavvuri, tushunchalari orqali tashqi dunyoni «qiyofa» ya'ni obraz shaklida anglaydi. Badiiy qiyofa manbai tashqi olam hodislaridir. Badiiy ijod jarayonida san'atkor tashqi dunyoni uning butun go'zalliklari bilan qayta anglaydi, uni estetik qadriyat sifatida ifodalaydi. Badiiy ijod juda murakkab bo'lib, ijodkor badiiy qis-tuyqusi, didining utki rva yuqori bo'lishini voqelikning boshqalar anglamagan nozik tomonlar barcha qirralarini uning butun go'zalligi bilan idrok etishini talab qiladi. Shundagina u yuksak san'atkor darajasiga ko'tarila oladi. O'lmas, umri boqiy asarlar yaratadi.
San'atkorning o'zida aks ettirilayotgan voqelikka nisbatan yuksak his-tuyqu bo'lmasa, u voqelik bilan qo'shilib ketmasa, o'zi tasvirlayotgan voqea-hodisa, qiyofa (obraz)ga befarq, loqaydlarcha bo'lsa qech maqal yuksak badiiy san'at asarini yarata olmaydi.
San'atkor his-tuyqulari o'zi yaratayotgan qaqramonlari qiyofasiga kirib, ular qayoti bilan yashasa, o'zi yiqlab ularni (qaqramonlari, obrazlari) yiqlatsa, o'zi kulib ularni ham kuldirsa yuksak badiiy asar yaratiladi.
San'atkorning badiiy qiyofalar yaratish qobiliyati uning tasavvurlar qosil qilish qobiliyatidan kelib chiqadi. San'atkor o'z tasavvurlariga hudi voqelikning jonli hodislari kabi munosabatda bo'ladi, o'zini o'z qaqramonlari qolatida ko'radi. Abdulla qodiriy o'z qaqramonlari bilan hudi jonli odamlar singari gaplashgan va baqslashgan. Kumushga zahar berish va uning o'limi lavqasini yozayotib Yum-yum yiqlagani hotiralarida yozib qoldirilgan.
YUqorida qayd etganimizdek san'atkor Abdulla qodiriy singari dunyoni, voqelikni, hodisa holatini, avvalo estetik nuqtai nazardan idrok etadi va baqolaydi, voqelikdan nafosat (qis-tuyquga ta'sir etuvchi holat)ni izlaydi. U voqelikda, hodisalar silsilasida boshqalar ko'rmagan, yoraqmlay olmagan, his-tuyqusiga ta'sir etib uni uyqotmagan, harakatga keltirmagan nafosatni ko'radi va idrok etadi. San'atkor narsalardagi go'zallikni sevadi, ardoqlaydi, uni o'zgalar bilan baham ko'rishga oshiqadi. Shu tariqa badiiy ijod maqsuli yuzaga keladi. San'atkor o'zi his etmagan narsani badiiy ijod maqsuli sifatida yarata olmaydi. Agar yaratsa ham bunday asarlar yuqori san'at asari darajasiga ko'tarila olmaydi. Bunday san'at asarlarining umri kalta bo'ladi.
Puhta o'ylangan, oylab, yillab miyada pishitilgan tasavvurlar ijod maqsuli umri boqiy bo'ladi.
San'atkorning o'tkir faqm-farosati uning badiiy iste'dodligini belgisidir. Uning qayotiy, qis-tuyquli va aqliy tajribasi qanchalik boy va hilma-hil bo'lsa yaratgan asarlari yuksak nafosatli ma'no-mazmun kashf etadi.
Shunday qilib, badiiy ijod bilan har kim ham shuqullana olmaydi. Unga iste'dod va qobiliyat kerak. Ammo, iste'dod va qobiliyat o'z o'zicha yuzaga chiqmaydi. Uni yuzaga chiharuvchi tomon meqnat va izlanish, qayotni o'rganish, undan ta'sirlanish, qayot lazzatini his eta bili shva uni boshqalar bilan baham ko'ra bilish va boshqalar. Mana shu ma'noda badiiy ijodni nafosatli (estetik) faoliyatning mahsus turi deb aytamiz.
San'at turlari san'atga hos bo'lgan umumiy belgilarga ega bo'lgan qolda ularning har biri: adabiyot, me'morchilik, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar o'ziga hos muhim ko'rinishda namoyon bo'ladi. Mana shu san'at turlari idrok etish jihatidan hamhar hil ko'rinishlarga bo'linadi. Chunonchi ko'z bilan ko'rinadigan san'at asarlari - tomoshali san'at asarlari - tomoshali san'at turlari deyiladi. Bularga tasviriy san'at, qaykaltaroshlik, me'morchilik, badiiy fato asarlari kiradi. Musiqani esa eshitiladigan san'at turi deymiz. Teatr, raqs, kino san'atlari esa ham tomoshali, ham eshitiladigan san'at turidir. Shu bilan birga san'at turlari o'z tasviriy-ifodaviy vositalar tizimiga ega. Adabiyot so'z, tasviriy san'atda, rang, yoruqlik, chiziq, nur-soya, musiqada - oqang, maqom, vazn, qaykaltaroshlikda - qajm, o'lcham, me'morchilikda-mutanosiblik tizimi amal qiladi. San'at asarlarining yuqoridagi hususiyatlari - ularni idrok etishda muhim rolь o'ynaydi.
San'atda idrok etish deb, - adabiyot, teatr, kino, tasviriy san'at asarlarini tomoshabin yoki o'quvchi ongida aks etishiga aytiladi. Idrok etish uchun o'quvchi yoki tomoshabin tasavvur qobiliyatiga, mustaqil tafakkur kuchiga, qis-tuyqu madaniyatiga ega bo'lishi kerak. San'at asarlarini yaratish bilan ularni idrok etish bir-biriga aynan o'hshash jarayonlar emas. Ularning asosiy farqi shundaki, badiiy faoliyat davomida san'atkor san'at asarini yaratadi, idrok etish jarayonida esa biror narsa yaratilmaydi. Idrokni «ijodga sheriklik» deyish mumkin. harqanday san'at asarning idrok etish jarayonida san'at asari orqali yozuvchi, haykaltarosh, rassom va o'quvchi, rejissyor va tomoshabin o'rtalarida pinhona uchrashuv sodir bo'ladi.
Badiiy idrok estetik idrokning eng «sof», namunali turidir. San'at asarlari va ulardagi tasviriy - ifodali vositalar estetik idrok ob'ekti bo'lsa, tomoshabin, o'quvchi, eshituvchi badiiy idrok sub'ektidir. Badiiy idrok sub'ekti bo'lish uchun insonga badiiy qadriyatlarga nisbatan ruqiy eqtiyoj tuqilishi lozim. Idrok etuvchining estetik eqtiyoji, estetik va umummadaniy saviyasi, his-tuyqu madaniyati, qayot tajribasi san'at asarlarini samarali badiiy idrok etilishini ta'minlaydi.
San'at asarlarini idrok etish insonga hamma vaqt o'zini yahshi bilib olish imkoniyatini tuqdiradi. O'zi qiziqqan san'at turlari asarlaridan estetik qoniqish qosil qilish o'quvchini san'atning yangi-yangi qirralarini bilish, kashf etishga jalb etadi. Inson o'zining estetik eqtiyojini qondirmay turib, u dunyo qaqidagi yangi bilimlarga ham, ahloqiy-estetik kamolotiga erisha olmaydi.
Badiiy idrok etish qobiliyati insonda qis-tuyqular, hilma-hil kechinmalar qo'zqab, inson diliga, uning ruqiga ta'sir o'tkazadi.
Me'morchilik asarlarini idrok etish orqali odamlar turmush tarzini, maishiy qayot va qayot faoliyati hususiyatlarini, ijtimoiy tuzum tabiatini, estetik orzuni u yoki bu davr ijtimoiy ruqiyatini va mafko'rasini in'ikos etamiz. Me'morchilik qosil qiladigan bilimlar majmuining ahamiyati shundaki, odamlarda u yaratilgan madaniy muqit, qayot tarzi, fikr va tuyqulari to'qrisida tasavvur paydo qiladi.
Hususan, me'morchilik binolari va inshoatlarini ko'rar ekanmiz, go'yo tarihning «tosh varaqalarini» ko'zdan kechirganday bo'lamiz, boshqa olamga kirib, uni o'z yahlitligicha anglaymiz. Me'morchilik o'zining qajmlari va chiziqlari «tili» bilan davr va inson qaqida qikoya qilganday bo'lib muayyan his-tuyqu va tasavvurlar qosil etadi.
Samarqand, SHaqrisabz, Buhoro, Hiva, qo'qon shaharlarida me'moriy obidalar o'zining mazmundorligi jihatidan Misr saqanalari (piramidalari), Afinaning Akropoli, Dehlidagi Shoqjaqon me'moriy obidalaridan qolishmaydi. Bugungi kunda ham mazkur me'morchilik obidalari, avvalo o'zining ajoyib hamoqangligi bilan kishini qayratga solib kelmoqda. Ana'anaviy minoralar maqbaralarining qavorang gumbazlari bilan masjid-madrasalar ichki bezaklari bilan qo'shilib, barkamol yahlitlik, umumiy yahlitlik qosil etib, insonda o'tmish va bugun munosabatlari qaqida tasavvur hosil etadi.
Musiqa san'atning ifodali turi sifatida eshitish orqali idrok qilinadi. Musiqa asarlari inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyqu va kayfiyatlarini ifodalab, tinglovchi tomonidan idrok etiladi. U insonda dunyo qaqida ma'lum tuyqu va kayfiyatlar qosil etishi bilan ajralib turadi. Ya'ni musiqa asarlari tuyqu va kayfiyatlar orqali idrok etiladi. O'zbek milliy musiqasining durdona asarlari, hususan «SHashmaqom» o'zining nafis, jozibali, eqtirosli ifoda usuli bilan idrok etuvchi shahsda muayyan his-tuyqu va kayfiyatlar tuqdiradi.
Musiqa inson faoliyatining eng muhim soqalari bilan aloqaga kirishadi, meqnat jarayonlari, marosimlarda qatnashadi, hordiq chiharishda esa yahshi kayfiyat tuqdiradi. Musiqa asarlarini idrok etilishi har bir kishini, umuman odamlarni biror maqsad-niyatga safarbar etadi, ularni yagona tuyqu va qayrat astrofida birlashtiradi. Mana shuning uchun ham o'tmishda, masalan Katta Farqona kanalini barpo etishda sozandalar, hofizlar, raqqoslar va boshqa san'atkorlar faol ishtirok etib, kanal qazuvchilarni ma'naviy-ruqiy jihatdan qo'llab-quvvatlab turganlar…
Musiqa insonni tarbiyalash vositasi bo'lib, unda yuksak fikr va tuyqular, nafosat didi va orzular qosil qiladi. Insonning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi.
Yozma va oqzaki adabiyotni idrok etish ham murakkad jarayon bo'lib, o'quvchidan ko'prok ijodiy faollikni va mustaqillikni, adabiy matndan olingan ahborotni o'zining ma'naviy dunyosi va qayotiy tajribasi bilan qiyoslashni talab qiladi. Mana shuning uchun ham yozma adabiyot san'at asarini turli o'quvchilar turli ravishda idrok etadilar. Ba'zilar ta'sirlansa, ba'zilar u darajada zavqlanmaydilar…
«Zerikarli» adabiyot va san'at asarlari kishilarda his-tuyqular uyqotmaydi, o'quvchi tomonidan idrok etilmaydi. Zerikarli ifoda san'atning ashaddiy dushmani.
Shunday qilib, badiiy asar go'zallik nuqtai nazaridan idrok etilsa, o'quvchi va tomoshabinda muayyan his-tuyqu va kayfiyatlarni uyqota olsagina badiiy qiymatga ega bo'ladi, bunday asarlarni qiziqib idrok etiladi. O'quvchi bunday asarlarni idrok etish tufayli o'zi duch kelgan muammolarga javob topganday bo'ladi yoki javob izlaydi.
4- masala. Estetik tarbiya ham kishilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni haror toptirishga hizmat qiladi. Ma'lumki, harqanday tarbiya, jumladan estetik tarbiya ham inson ongiga, his-tuyqulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoharashiga, qatti-harakatlariga, hulq-atvoriga ta'sir o'tkazishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'yadi.
Insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida estetik tarbiya turli maqsadlarni ko'zlangan qolda olib borilgan. Chunonchi, qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuharolarning har tomonlama rivojlanishiga «ruq va badan» hamoqangligini haror toptirishga yo'naltirilgan edi.
O'rta asrlarda SHarq va Ovro'poda estetik tarbiya iloqiy kuch-qudrat manbai bo'lgan Ollohga e'tiqod qilish va «bu dunyo» ning o'tkinchi, arzimas ekanligini inson shaqsiga singdirishni maqsad qilib qo'ygan edi.
qozirgi mustaqillik sharoitida mamlakatimizda estetik tarbiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Avvalari estetik tarbiya o'ta tor va bir tomonlama talqin qilinar edi. Estetik tarbiya san'at asarlarini to'qri idrok etish, bu bilan aloqida lazzatlanish yoki biror san'at turini bilib olib, muayyan badiiy ko'nikmalarga ega bo'lish doirasida tushunilar va talqin etilar edi. Ba'zan esa estetik tarbiyaga faqat odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida haralar edi. Bularning barchasi badiiy-estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi. Badiiy va estetik tarbiya birday emas. Ular o'rtasida umummilliylik va farqli tomonlar bor. Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi - munosabatlarni san'at vositalari yordamida shakllantirishdir. Estetik tarbiya faqat san'at bilan cheklanib qolmaydi. Estetik tarbiyaning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iborat. Voqelikka bo'lgan inson munosabatining harqanday ko'rinishi estetik mazmundan ajralib qolsa, u asl insoniy moqityatini yo'qotadi.
Estetik munosabat dunyoga keng va holis harash, odamlarda, tabiat vokea-qodislarida, eng avvalo jamiyat, insoniyat, taraqqiyot uchun hizmat qiladigan ijtimoiy ahamiyatli bo'lgan fazilatlarni ko'ra bilish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Estetik tarbiya insonni estetik ongini shakllantirish jarayonida uni ahloqiy, meqnat, ekalogik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini hamrab oladi. Endi anna shu vazifalarning ba'zi jihatlarini ko'rib o'tamiz.
San'at va ahloqning bosh mavzui insondir. San'at insonning maqsad-manfaatlari, fikr-muloqazalari, qis-tuyqulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettiradi.
San'at voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan ahloqiy munosabatlarni, odob qoidalarini, ahloqiy qoya va harashlarni, inson ichki dunyosini, ahloqiy qiyofasini ham ochib beradi. Shu bois san'at inson ahloq-odobining ko'zgusi deb ham yuritiladi.
Inson voqelikka bir vaqtning o'zida ham ahloqiy, ham estetik munosabatda bo'ladi. Estetik va ahloqiy tushunchalar inson faoliyatini boshharib turadi.
Ahloqiy muammolar majmui san'at, hususan badiiy asar mazmunining tarkibiy qismi sanaladi. Ayniqsa, badiiy adabiyot, teatr, kino, tasviriy san'at asarlarida muammolar tuguni, to'qnashuvlar, qaqramonlar fe'l-atvori, qatti-harakatlari ahloqiylik bilan suqorilgan bo'ladi.
Ahloq san'atning maqzini tashkil etadi. San'at asarlari ahloq mazmuniga ega bo'lmasa, o'zining insonparvarlik hususiyatini yo'qotadi. San'atda ahloqiy qoida va aqidalar estetik jihatdan qayta ishlab chiqiladi: go'zal va hunuk, uluqvor va pastkash, fojiali va kulgili kabi estetik tushunchalar sifatida idrok etiladi. San'at asarlaridagi bu holatlarni estetik jihatdan idrok etilishi inson ahloqiy va estetik tarbiyasiga yaqindan yordam beradi.
Estetik tarbiya bilan ekalogik tarbiya ham o'zaro boqliq. Bu boqliqlik insonning tabiatga beharaz, insoniy munosabatda bo'lishida, jamiyat bilan tabiat o'rtasida hamoqang aloqadorlik munosabatlarini o'rnatishda namoyon bo'ladi.
Estetik tomonsiz dunyoharash chala, bir yoqlama bo'lib qoladi. Estetik dunyoharash falsafiy va ahloqiy va boshqa dunyoharashlarni boyitib turadi.
Estetik tarbiya, avvalo odamlarning estetik didlari shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi. Estetik didda inson aqliy va qissiy dunyosi, orzu-umidlari, talab eqtiyojlari, maqsad-manfaatlari ro'yobga chiqishi ifodalanadi.
Estetik tarbiya yana o'z diqqat e'tiborini shaqs estetik eqtiyojlarini shakllantirishga haratadi.
Estetik eqtiyoj faqat moddiy va ma'naviy go'zalliklardan lazzatlanishgina emas, balki harqanday amaliyot soqasiga go'zallikni tatbiqqilishni ham bildiradi. Shu bois estetik tarbiyani qayot jabqalarining hammasiga o'qish, meqnat qilish, ilmiy va tehnik izlanishi va boshqalarga tatbiq etilishini qayot taqazo qiladi.
Shunday qilib, estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo'lgan inson shahsini shakllantirish demakdir.
Milliy istiqlol qoyamizda ta'kidlanganidek, erkin fuharolik jamiyatini ma'naviy barkamol, ezgu qoyalar qayotiy e'tiqodi bo'lgan insonlargina bunyod eta oladi. Ma'naviy barkamol, komil inson esa o'zida barcha ijobiy fazilatlar bilan birga estetik jihatlarni ham namoyon etishi lozim. Mustaqil Respublikamizda estetik tarbiyaning manbai adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san'at asarlarini yaratilishi har tomonlama raqbatlantirilmoqda.
Estetik tarbiya samaradorligi estetik tarbiyaning omillari va vositalaridan to'qri foydalanishi talab qiladi.
Estetik tarbiya omillari deb, shahsning estetik kamolotiga ta'sir o'tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga aytiladi. Estetik tarbiya vositalari deb shahsning voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishga hizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga aytiladi.
Meqnat estetik tarbiyaning eng muhim omili. SHahs qayotiga meqnatning estetik ta'sirini kuchaytirishda ishlab chiharish jarayonlariga ko'proq estetika tehnikasi (dizayn)ni keng ravishda joriy qilish kerak bo'ladi.
Meqnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun bahsh etish omili shahsni estetik kamol toptirish bilan birga, shahsning foydali-amaliy vazifalarni ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Estetik mazmun meqnat unumdorligini, samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omilidir.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili - bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy munosabatda bo'lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. SHahs ongida tabiatning estetik qadriyatlari tuyqusini shakllantirish inson estetik kamolotining o'ziga hos zaminidir. qozirgi ekalogik inqiroz va qaloqat qavfi ortib borayotgan sharoitda estetik tarbiyaning bu qirrasi tobora ko'proq ahamiyat kasb etmoqda.
Estetik tarbiya omillari qatorida maishiy turmush narsalari, tura rjoy jihozlari, honalar va boshqalar joylashuvi, ularning ranglari, bo'yoqlari va boshqa narsalar muqiti aloqida o'rin tutadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san'at muhim o'rin egallaydi. San'at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir.
San'atdan baqramand bo'lish, undan lazzatlanish uchun muayyan darajada badiiy bilimlarga ega bo'lmish ham lozim. San'atga intilib yashash, badiiy ijod maqsullarini idrok etish, zavq olish qobiliyati ko'p jihatdan insonning badiiy saviyasiga boqliq.
Estetik tarbiyada oila, maktab, o'quv yurtlarining o'zaro hamkorligi ham yahshi natijalar keltiradi.
Estetik tarbiya ijtimoiy faol, har tomonlama va hamohang rivojlangan shahsni, boshqacha aytganda komil insonni tarbiyalash maqsadiga yo'naltirilgan.

Takrorlash uchun savollar.


1. San'at tushunchasi nimani anglatadiq
2. San'atning nafosatli moqiyati nimadaq
3. San'at asarlarini yaratish inson faoliyatining qanday turiga kiradi.
4. San'atga turlariga qaysilar kiradiq
5. Tasviriy san'at turlarini aniqlang.
6. Badiiy adabiyot qanday san'at turlarga bo'linadiq
7. Monumental san'at asari qanday asrlar sirasiga kiradiq
8. harakatsiz holatdagi harkatni aks ettiruvchi san'at asarlari san'atning qaysi turiga kiradi.
9. O'zbekiston hududida rang tasvir san'ati rivojlanishini ko'rsatuvchi qadimiy shaharlarni aniklang.
10. «Toshdagi doston» iborasi qanday san'at asarlariga nisbatan ishlatib kelingan.
11. Musiqa san'atining yuragi, jozibasi nimadaq

Tayanch tushunchalar


Ijodkorlik ,iste'dod, tasviriy sanat - rang, yoruqlik, chiziq, nur - soya , musiqada - oqang, maqom, vazn , qaykaltaroshlikda - qajm, o'lcham , me'morchilikda - mutanosiblik . nafosatln tarbiya. san'at. zamonaviy komil inson, omillar. vosntalar.
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling