1-Mavzu: Fanga kirish. Fan haqida umumiy ma’lumotlar. Reja: Fanning «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi»
Download 19.87 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
1.2. Fanning maqsadi va vazifasi.
«Mashinasozlikda yarim mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi» fani mashinasozlik sanoati ishlab chiqarish asoslarini o’rgatganligi sababli uning ishlab chiqarishdagi o’rni juda yuqoridir. Bu fan ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olgan bo’lib, ularning progressiv usullarini, hamda ularni takomillashtirish jarayonlarini o’rgatadi. Talabalar «Mashinasozlikda yarim mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion- pedogogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi maket va dastgohlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg’or pedogogik texnologiyalardan foydalaniladi. Mashinasozlikda mahsulotlarni tayyorlashning turli usullari bo’lib, ular jarayonniing texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining turliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Mahsulot ishlab chiqarishning vaqt o’tgan sari texnologik jarayonlari takomillashib bormoqdaki, ularni o’zgarishiga zamonaviy talablarning qo’yilishi asosiy sabab bo’lmoqda. Bu jarayolarning asosiiy ko’rsatgichi, bu jarayonlarga sarflanayotgan energiya va xom-ashyo miqdoridadir. Hozirgi davrda mahsulot ishlab chiqarishda kam sarf harajat qilib ko’proq mahsulot olish asosiy maqsad bo’lib qolmoqda. Shuning uchun yaratilayotgan yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish uslublarida asosiy ko’rsatgich uni tannarxini kamaytirish. Mashinasozlikda yarim mahsulot ishlab chiqaradigan texnologik jarayonlarga quymakorlik, bosim ostida ishlov berish, payvandlash va mexanik- fizik-texnik ishlov berish usullari ta’lluqli bo’lib, yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 90% dan ortig’ini tashkil etadi. Shu sababdan bu usullarda mahsulot tayyorlanganda ularda tejamkor texnologik jarayonlarni qo’llash mashinasozlik rivojiga va uni yanada yuksalishiga asosiy omil bo’lishi mumkin. Oxirgi 70 yil davomida ishlab chiqarishda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga nazar solsak , bu juda sezilarli darajada desak bo’ladi. Birgina quymakorlik sohasini olsak agar, quyma olish qum-giltuproqli qoliplarda amalga oshirilgan bo’lsa, hozirgi kunda metall qoliplarda, modeli gazga aylanuvchi qoliplarda, qobiqli qoliplarda, markazdan qochirma kuch bilan quyiladigan qoliplarda quymalar olinmoqda. Energiya resulslarini tejalikorlii XXI asrni eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni yechilgan natijalariga asosan bizning jamiyatimizni qator iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarga nisbatan tutgan o’rni va fuqorolarimizni turmush darajasini belgilaydi. Energiya tejamkorlik strategiyasini maqsadi bitta va undan quyidagilar kelib chiqadi. Halq xo’jaligining xamma tarmoqlarida effeektivlikni ko’tarish va butun davlat bo’yicha barcha shaxar va qishloqlarda energi-effektivlikni ko’tarish. Energiyadan foydalanishda uning effektivligini oshirish. Energiyatejamkor texnologiyalarni yaratish va oqilona foydalanish kerak. Bu leksalarni xal qilishda ekalogik masalalar e’tibordan chetda qolishi aslo chiqaruvchi yoki servis xizmatini korxonalarni eng muxim siyosati energotejamkorlik bo’lib qoldi. Buni iqtisodiy faktorlar, ya’ni ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning iqtisodiy ko’rsatkichlari belgilaydi. Maxsulotni tannarxidagi energiya sarfini ulushini ortib borishiga asosiy sabab energiyani sovutib yuboruvchi eskirgan texnologiyalar, jixozlar va priborlardir. Energiyani eng ko’p miqdori korxonalarda o’rnatilgan turli xildagi elektr yuritmalarini xarakatga keltirish uchun sarflanadi. Ko’p korxonalarda yuqori unumdorlikni ta’mirlash maqsadida quvvati bo’yicha zaxirasi ko’p bo’lgan elektrodvigatellar jixozlarga va boshqa kerakli joylarga o’rnatilgan. Bunday elektradvigatellar xammasini aylanish chastatasi bir xil. Mutaxassis ekespertlarning fikriga xar yili o’rtaga dvigatel istemol qiluv elektr energiyasi uning tan narxidan besh marta ortiq ekan. Demak energiyatejamkor texnologiyalarni va optimal energiyatejamkor elektr yuritmalar o’rnatilgan jixozlardan foydalanish kerak. Xozirgi payitda aylanish chastotasi sozlanadigan elektr yuritmalardan yuritmalardan foydalanilmoqda, ya’ni, real nagruzkaga asosiy uning aylanish chastatasi o’zgaradi, bu esa sarflanadigan elektr energiyasini 30-50% gacha tejamga imkon beradi. Aylanish chastatasi rostlanadigan ellektr yuritmalarni qo’llanishi yana turli mexanizmlar konveyyorlar, nasoslar, ventilyatorlar va boshqarishlarni ishlash resurslarini (ishlash muddatlarini) oshiradi bu esa yana iqtisodiy ko’rsatkichlarni oshiradi. Yoritish tizimlarini avtomatlashtirish natijasida xam elektr energiyasini iqtisod qilishga erishish mumkin. Uylarni, korxonalarni binolarini, ofislarni istish uchun juda ko’p energiya resurslari sariflanadi. Bu yaxshilash uchun yo’qolishini kamaytirish kerak. Buning uchun yonmaydigan termoizoltsion materiallardan va uni transporti--- qilishda yo’qolishini kamaytirish, ya’ni TES1 larni effektiv ishlashini oshirish, issiqlikni uzatishi tarmoqlarini maderenizitsiyalash va chidamli temloizolyatsion materiallardan foydalanish kerak. Binolarni energoeffektivligini oshirish bu esa kompleks teploizolyatsion masalalarni yechishni taqazo etadi. Birinchi navbatda binolarni fasadlarini va tomlarini masalalarini yechish kerak. Husuvat binoni devorlarini suvoqlarini sistemasini materiallarini to’g’ri tanlash. Isitishish radiatorlarini avtomatlashtirish, ventilyatsilar tizimini xam avtomatlashtirish. Energiyatejamkor texnologiyalar birdaniga birnecha masalalarni yechishga imkoniyat beradi. Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling