1-Mavzu: Fanga kirish. Fan haqida umumiy ma’lumotlar. Reja: Fanning «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi»


Download 19.87 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi19.87 Kb.
#1344198
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu: Fanga kirish. Fan haqida umumiy ma’lumotlar.
Reja:
1.Fanning «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlashdagi o`rni.
2.Fanning maqsadi va vazifasi.
1.1. Fanning “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlashdagi o`rni.
Fanning asosiy vazifalari - quyidagilardan iborat:: zagotovka va mashina detallarini yasash va ishlov berishning texnologiyaviy usullarini, ularning texnika - iqtisodiy tavsifi hamda qo’llanish sohalarini o’rganish; shu usullarda ko’p ishlatiladigan asbob, moslama va jihozlarning printsipial sxemalarini o’rganish; yasalish usullarini e’tiborga olib, ishlov berish uchun qulay bo’lgan zagotovka tuzilishlarini rejalashtirishning asosiy yo’llarini talabalar o’zlashtirishidir.
«Mashinasozlikda yarim mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalar doirasida bakalavr: konstruktsion materiallar texnologiyasi sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar natijalari, xududiy muommolar va fan, texnika va texnologiya yutuqlari haqida tushunchaga ega bo’lishi; metall va qotishmalarni olish jarayoni asoslarini; turli usullar yordamida zagotovka shaklini hosil qilishni; payvandlash va kavsharlash yo’li bilan ajralmas birikmalar hosil qilish tarzini; zagotovkalarni kesib ishlash, ularning fizikaviy asoslarini; zagotovkalarni kesib ishlashda asosiy texnologiyaviy imkoniyatlarni bilish va ulardan foydalana bilishi; quyma ishlab chiqarish; bosim ostida hamda payvandlab zagotovka tayyorlash; ularga metall kesish dastgohlari yordamida ishlov berish; detallar ish yuzalarini puxtalash usullari ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, «Mashinasozlikda yarim mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liklikda ushbu fanning asosiy muammolari;
o’zining bo’lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati;
mashinasozlikda yarim mahsulotlarva mashina detallarini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari;
texnologik jarayonlarni detallarning tuzilishiga ta’siri haqida tushunchaga ega bo’lishi;
metall materiallardan quymakorlik yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini;
metallarni bosim ostida ishlash usuli bilan yarim mahsulotlar va detallar ishlab chiqarishni;
metallarni payvandlash usuli bilan mahsulotlar ishlab chiqarishni;
kesib ishlov berish yo’li bilan yarim mahsulotlar va detallarni ishlab chiqarish;
kukun metallurgiyasi va boshqa uslublarda mahsulot ishlab chiqarishni;
nometall materiallardan buyumlar ishlab chiqarishni
bilishi va ulardan foydalani bilishi;
turli texnologiya va uslublarda yarim mahsulotlar va detallar ishlab chiqarish;
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematika, fizika, nazariy mexanika, gidravlik va umumkasbiy (konstruktsion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik va boshqa) fanlarni bilishga asoslangan.

Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling