1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari. Reja: 1.Fanninng maqsad va vazifalari. 2. Akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari Fanninng maqsad va vazifalari Akkreditatlashtirish va muvofiqlikni baholash fanining maqsadi- talabalarda mahsulot va xizmatlar, menejmenti tizimlarini hamda xodimlarning muvofiqligini baholash jarayonlarida qo’llaniladigan turli usullar, muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditlashtirish tartiblari, akkreditlashtirish va muvofiqlikni baholash natijalarini rasmiylashtirish hamda muayyan sharoitlarga mos holda akkreditlashtirishni tashkillashtirish bo’yicha yo’nalish xususiyatiga mos nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Akkreditatlashtirish va muvofiqlikni baholash fanining vazifasi- mahsulotlar, xizmatlar raqobatbardoshligini aniqlash va muvofqligini rasman tasdiqlash borasida qonunchilik asoslari, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlarni, shuningdek, xodimlarni muvofiqligini baholash bo’yicha ishlarni o’tkazish usullari va vositalarining nazariy jihatlari hamda ma’lum sanoat mahsulotlari va iqtisodiyotdagi ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun ularni me’yoriy hujjatlarda o’rnatilgan talablar bo’yicha muvofiqligini baholashni o’rgatishdan iborat. Akkreditatlashtirish - vakil qilish, vakolat berish. Konstitutsiyaviy, ma’muriy va xalqaro huquqda qo’llaniladigan tushuncha. “Akkreditatsiya” tushunchasi ta’lim sohasida ham qo’llaniladi. Ta’lim muassasasining davlat tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma davlat maqomini, amalga oshiriladigan ta’lim dasturlari darajasini, bitiruvchilarni tayyorlash mazmuni va sifatning davlat ta’lim standartlari talabalariga muvofiqligini, bitiruvchilarga ta’limning tegishli darajasi haqida davlat namunasidagi xujjatlar berish huquqini tasdiqlaydi. Diplomatiya va boshqa xalqaro munosabatlarga tatbiqan olganda Akkreditatsiya shaxsning boshqa davlatda yoki xalqaro tashkilotda muayyan davlatning vakili etib tayinlanganini bildiradi. Tayinlash jarayoni (akkreditatsiya qilish) bir necha bosqichni o’z ichiga oladi: davlatning tashqi siyosiy idorasi tomonidan diplomatik vakil nomzodini tanlash; bu nomzodni davlatning diplomatik vakilni tayinlashga vakolatli organi yoki mansabdor shaxsiga (O’zR da - O’zR Prezidentiga) tavsiya etish (taqdim etish); mazkur organ (mansabdor shaxs) tomonidan tavsiya etilgan nomzodni parlamentning tegishli qo’mitalari, komissiyalari bilan kelishib olish (O’zR da Prezident O’zR ning chet davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarini Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi - O’zR Konstitutsiyasining 93-moddasi); qabul qiluvchi davlatning roziligini olish; diplomatik vakilni tayinlash to’g’risidagi huquqiy hujjatni chiqarish; diplomatik vakil tomonidan tegishli davlat boshlig’iga yoki xalqaro tashkilot rahbariga ishonch yorlig’ini topshirish. CHet davlatlarning diplomatik vakillari O’zR Prezidenti huzurida akkreditatsiya qilinadi, Prezident ularning ishonch va chaqirib olish haqidagi yorliqlarini qabul qiladi (O’zR Konstitutsiyaning 93-moddasi). Jurnalistlarni davlat organlari, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalarining organlarida A. qilish. Jurnalistlarni A. qilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar ularni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar haqida oldindan xabardor qilishlari, stenogrammalar, bayonnomalar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlashlari, yozib olishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishlari shart. A. qilingan jurnalist o’zini A. qilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar o’tkazadigan majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlarda hozir bo’lish huquqiga ega, yopiq tadbir o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno. O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi) - O’zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo’yicha Milliy organi xisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaroriga asosan akkreditatsiya bo’yicha ishlarni olib borish "O’zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi" DUKga (keyingi o’rinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) yuklatilgan. Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari: muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik; Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (APAC yirik mintaqaviy akkreditatsiya bo‘yicha hamkorlik bo‘lib, maqsadlari va faoliyati jahon savdosini yengillashtirishga va uning a’zolariga butun dunyoda akkreditatsiya natijalarini tan olish imkonini berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir., Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forumga (IAF) to’laqonli a’zo sifatida kirish; akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish; akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o’zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish; O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo’yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko’rish; akkreditatsiyadan o’tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash. Akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar: akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo’yicha qoidalar, yo’riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash; treninglar, seminarlar o’tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash; o’z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o’z mablag’lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo’lgan miqdorda har oylik ustamalar to’lash; eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish; Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash. Akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini belgilab berishi va Akkreditatsiya markazi ushbu yo’nalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib borushi uchun Akkreditatsiya markazi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida Akkreditatsiya bo’yicha kengashi tashkil etildi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi) - O’zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo’yicha Milliy organi xisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaroriga asosan akkreditatsiya bo’yicha ishlarni olib borish "O’zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi" DUKga (keyingi o’rinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) yuklatilgan. Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari: muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik; Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forumga (IAF) to’laqonli a’zo sifatida kirish; akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish; akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o’zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish; O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo’yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko’rish; akkreditatsiyadan o’tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash. Akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar: akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo’yicha qoidalar, yo’riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash; treninglar, seminarlar o’tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash; o’z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o’z mablag’lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo’lgan miqdorda har oylik ustamalar to’lash; eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish; Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash. Akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini belgilab berishi va Akkreditatsiya markazi ushbu yo’nalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib borushi uchun Akkreditatsiya markazi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida Akkreditatsiya bo’yicha kengashi tashkil etildi 2. Akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari 1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TO’G’RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 6 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2013 yil 22 avgustda ma’qullangan 2.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O’ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYa VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGINING FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA 3.Laboratoriyada baxolash utkazish va texnik jixatdan malakaliligi ma’kullangan laboratoriyalar reestrini yuritish buyicha YURIKNOMA Amalga kirish sanasi: “3 ” 08. 2020 y 4. Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’tgan davr mobaynida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasidagi ishlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, mazkur yo’nalishda davlat organlari va boshqa muassasalar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari belgilandi. SHu bilan birga, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni tashkil etishda eng maqbul amaliyotlarni qo’llash mexanizmlarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tizimli kamchiliklar mavjud. Vakolatli organlarning texnik jihatdan tartibga solish, regulyatorlik va nazorat qilish vazifalari tizimining eskirganligi tufayli milliy akkreditatsiya tizimi xorijiy bozorlardagi ro’y berayotgan o’zgarishlarni hisobga olmayapti, bu esa talab yuqori bo’lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga ta’sir qilmoqda. Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish, eksportga yo’naltirilgan va raqobatbardosh tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish, mamlakat iste’mol bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining: O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “O’zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” davlat korxonasi negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazini (keyingi o’rinlarda — Markaz) tashkil etish; O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish va inspektsiya nazorati bo’yicha vazifalarini, sinov va kalibrlash laboratoriyalarini (keyingi o’rinlarda muvofiqlikni baholash organlari), shuningdek, ilgari berilgan akkreditatsiya guvohnomalari to’g’risidagi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va materiallarni Markazga o’tkazish haqidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga ko’ra akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya xizmatlarining belgilangan shartlar va talablarni bajarishi ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshirish; xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish; muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4.Belgilab qo’yilsinki: Markaz muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organdir va u davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi; Markazning faoliyat sohasi tovarlar va xizmatlarni baholash va sertifikatlashni amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan tatbiq etiladi; ko’rsatilayotgan xizmatlardan, Markazning bo’sh mablag’larini tijorat banklari depozitlarida joylashtirishdan olingan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; Markaz direktori va uning o’rinbosarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 5.Markaz direktoriga quyidagi huquqlar berilsin: Markaz tuzilmasiga, zarurat bo’lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat birligi va mehnatga haq to’lash fondi doirasida o’zgartishlar kiritish; eng ilg’or amaliyotlarga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish bo’yicha vazifalarni sifatli bajarish maqsadida shartnoma asosida mustaqil konsulьtantlar va ekspertlarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni jalb etish; yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga ish haqi va boshqa to’lovlar miqdorini belgilash. Belgilab qo’yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilish, ishchi kasblar bo’yicha malaka razryadlarini belgilashda eng kam ma’lumot darajasi qismida, istisno tariqasida, xorijiy oliy ta’lim muassasalarini bitirgan tegishli yo’nalishdagi mutaxassislarga nisbatan Markazda qo’llash uchun tavsiya xususiyatiga ega. 6. Markaz 2021 yilning 1 apreligacha bo’lgan muddatda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompьyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot, ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to’lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlar bundan mustasno) to’lashdan ozod etilsin. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: Markaz Ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda uning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlasin; bir oy muddatda Markazni uning faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori professional darajada ta’minlashga qodir bo’lgan malakali kadrlar bilan to’ldirsin; O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda barcha ilgari berilgan amaldagi akkreditatsiya guvohnomalarini to’liq inventarizatsiyadan o’tkazib, qonun hujjatlariga muvofiq zarur chora-tadbirlarni ko’rsin. 8. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turarjoyi bo’yicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turarjoyi bo’yicha hisobga olish uzaytirilishini ta’minlasin. 9. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga O’zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. 10. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulanishini ta’minlasin. 11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin. 12. Markaz Toshkent shahri, Islom Karimov ko’chasi, 1-uyda joylashtirilsin. 13. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori SH. M. Sodiqov va O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O. B. Murodov zimmasiga yuklansin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYoEV Toshkent shahri, 2018 yil 30 mart OAV VAKILLARINI AKKREDITATSIYa QILISH Iyun 20 O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyatini o’z vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida akkreditatsiya qilinadi. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarining (keyingi o’rinlarda «muxbirlar» deb ataladi) huquqiy maqomi va kasb faoliyati printsiplari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida», «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida», «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-sonli qarori hamda DVQning O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to’g’risidagi Nizomi bilan belgilanadi. Asosiy tushunchalar muxbir — mehnat shartnomalari va boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun xabarlar va materiallarni qidirish, to’plash, qayta ishlash va tayyorlash kasbi bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxs; akkreditatsiya — muxbirning vakolatlarini Davlat veterinariya qo’mitasi tomonidan e’tirof etish tartiboti bo’lib, uning natijalariga ko’ra, Davlat veterinariya qo’mitasi o’z faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun ommaviy axborot vositasi (keyingi o’rinlarda «tahririyat» deb ataladi) vakilining o’z sohasini bilishini tasdiqlovchi akkreditatsiya qilish to’g’risidagi guvohnomani beradi; Akkreditatsiya qilishning asosiy printsiplari Akkreditatsiya uni o’tkazishga jalb etilgan mutaxassislarning o’z ishini puxta bilishi va muxbirlarning mustaqilligi printsiplariga asoslanadi. Muxbirning akkreditatsiya qilinishida uning o’z ishini puxta bilishini aniqlash mezoni Davlat veterinariya qo’mitasi va ommaviy axborot vositalari vakili faoliyatining o’ziga xosligi hisobga olingan holda, Davlat veterinariya qo’mitasining normativ hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida o’z muxbirini akkreditatsiya qilish huquqiga rasmiy ravishda ro’yxatdan o’tkazilgan ommaviy axborot vositalari ega hisoblanadi. Muxbirlarni akkreditatsiya qilish Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o’zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo’yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: ommaviy axborot vositasining nomi va turi;ixtisoslashuvi;tarqalish hududi; elektron pochta manzili;tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o’zi bilan birga olib yurishi zarur bo’lgan apparatlar.Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo’lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to’rtta fotosurat ilova qilinadi.Muxbirni akkreditatsiya qilish to’g’risidagi buyurtmanoma Davlat veterinariya qo’mitasi tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab belgilangan muddat mobaynida ko’rib chiqiladi. Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan Davlat veterinariya qo’mitasi bilan birgalikda belgilanadi. Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo’ladi: buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqish;muxbirlarni attestatsiyadan o’tkazish;akkreditatsiya qilish to’g’risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish, akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish. Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni ko’rib chiqishni Davlat veterinariya qo’mitasining matbuot va axborot bo’limi amalga oshiradi. Hujjatlarni ko’rib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab o’n kun muddatda mazkur bo’lim xulosasi bilan rasmiylashtiriladi. Attestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan rasmiy ravishda tuziladigan komissiya o’tkazadi. Attestatsiyani o’tkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaning ayrim a’zolari ishtirok etishi va attestatsiya o’tkazilishi muddatlari yuzasidan e’tiroz sabablarini asoslagan holda taklif bildirishga haqlidir. Komissiya attestatsiyani Davlat veterinariya qo’mitasi tasdiqlagan dasturga muvofiq o’tkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatini tavsiflash bo’yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqish natijalari to’g’risidagi qo’mitaning matbuot va axborot bo’limi xulosasi, shuningdek, ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Davlat veterinariya qo’mitasi attestatsiya dalolatnomasini ko’rib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish to’g’risidagi buyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko’rib chiqiladi. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda Davlat veterinariya qo’mitasi qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to’g’risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya to’g’risida guvohnoma beradi. Akkreditatsiya qilish to’g’risidagi guvohnoma Davlat veterinariya qo’mitasi reestrida ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan boshlab amal qiladi. Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to’g’risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi. Davlat veterinariya qo’mitasi O’ zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizom asosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Qo’mita bunday qarorning sabablari to’g’risida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozma shaklda xabardor qiladi. Zarur hollarda Davlat veterinariya qo’mitasi huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlari tashkil etilishi mumkin. Akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari Akkreditatsiya qilingan muxbirlar kasb faoliyati davrida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Davlat veterinariya qo’mitasi akkreditatsiya qilingan muxbirni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to’g’risida oldindan xabardor qiladi, stenogrammalar, protokollar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlaydi. Akkreditatsiya muxbirning rasmiy shaxslar tashriflari davridagi tadbirlarda bevosita qatnashishini kafolatlamaydi. O’zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslari tashriflari vaqtida muxbirlarni maxsus akkreditatsiya qilish tartibi qonun hujjatlari, shuningdek, ushbu tadbirni tayyorlash va o’tkazish uchun mas’ul xizmatlar talablariga binoan belgilanadi. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagi huquqlarga ega: bo’lajak majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to’g’risida oldindan axborot olish; Davlat veterinariya qo’mitasi binolari (xonalari) va ob’ektlariga tegishli guvohnoma (ruxsatnoma) asosida, ushbu organ tomonidan belgilangan tartibda kirish; Davlat veterinariya qo’mitasi tomonidan o’tkaziladigan majlislar, yig’ilishlar, brifinglar (matbuot konferentsiyalari) va boshqa tadbirlarda qatnashish, yopiq tadbir o’tkazilishi to’g’risida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno; Davlat veterinariya qo’mitasining mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so’rash va olish, kirish erkin bo’lgan tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish va ulardan nusxa olish; yozuvlardan matnli materiallar tayyorlashda, akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalarining teleradiodasturlarida foydalanish; audio, video yoki kino tasvirlar olish, ovoz yozish uchun zarur bo’lgan texnik apparatlardan, shuningdek, kompьyuter texnikasi vositalaridan faqat Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyatini yoritish maqsadlarida foydalanish. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur: Davlat veterinariya qo’mitasi binosida bo’lishda uning ichki tartib- qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilish; o’zi ishtirok etayotgan tadbirlarning o’tkazilishiga aralashmaslik (agar tadbir matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan bo’lsa); Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyati to’g’risida xolisona axborot berish; maxsus tadbirlarni o’tkazish qoidalariga rioya qilish; Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablarni bajarish. Muxbirning akkreditatsiyasini to’xtatish va uni akkreditatsiyadan mahrum qilish tartibi Quyidagilar akkreditatsiyaning to’xtatilishi uchun asos hisoblanadi: muxbirning tahririyatdan ishdan bo’shatilishi (ushbu holda tahririyat boshqa vakilni akkreditatsiya qilish to’g’risidagi ariza bilan Davlat veterinariya qo’mitasiga murojaat qilishga haqlidir);muxbir vakili bo’lgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining to’xtatilishi; tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyatini yoritishdan chetlatish to’g’risida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida). Muxbir: o’zi taklif etilgan tadbirlar o’tkazilishi tartibiga aralashganda; amaldagi qonun hujjatlarini va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin.Muxbirni akkreditatsiyadan mahrum etish to’g’risidagi qaror Davlat veterinariya qo’mitasi tomonidan qabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan dalillangan bo’lishi kerak. Davlat veterinariya qo’mitasi akkreditatsiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi. Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan akkreditatsiya qilgan organga qaytarilishi kerak. Yangi muddatga akkreditatsiya qilish Akkreditatsiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida o’tkaziladi.Tahririyat Davlat veterinariya qo’mitasiga akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.Yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilingan muxbirning oldingi akkreditatsiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibot bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar. Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele, kino va videoapparatlarga, aloqa vositalariga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlarga biriktirilgan texnik xodimlari bo’lishi mumkin.Akkreditatsiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga yollashi mumkin.Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi Davlat veterinariya qo’mitasi bilan kelishiladi. Ularga o’z faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat veterinariya qo’mitasi tomonidan tegishli guvohnoma beriladi.Akkreditatsiya qilingan muxbirning texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shug’ullanish taqiqlanadi. Yakunlovchi qoidalar Davlat veterinariya qo’mitasi huzuridagi akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi bilan bog’liq nizoli masalalar paydo bo’lgan taqdirda manfaatdor tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Davlat veterinariya qo’mitasi va ommaviy axborot vositalarining muxbirlari mazkur Nizom hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nazorat savollari: 1.Akkreditatsiya tushunchasi 2.Akreditlashdan maqsad 3.Akkreditatsiya milliy tizimi 4.Akkreditatsiya vazifalari Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling