Qo‘shimcha ma’lumot.
Akkreditatsiya markazi APAS va ILAC kabi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ladi
Joriy yilning 24 aprelь kuni Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash
organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya
vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi huzuridagi
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi Akkreditatsiya
markazining vazifalari belgilandi.
Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS),
Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va
Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga a’zo bo‘lish shular jumlasidandir.
SHuningdek, qaror bilan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Akkreditatsiya bu muvofiqlikni baholash bo‘yicha faoliyatning muayyan
sohasida ishlarni bajarishga yuridik shaxslar vakolatlarining Markaz tomonidan
rasman tasdiqlanishidir.
Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun Markazga zarur hujjatlar bilan buyurtmanoma
beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lsa, Markaz 2 ish kunida akkreditatsiya
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tayyorlaydi.
Markaz xizmatlariga haq to‘langanidan keyin hujjatlar 15 ish kunida
ekspertizadano‘tkaziladi.Markaz xizmatlariga haq sarflangan vaqtdan kelib chiqib
hisoblanadi. SHuningdek, akkreditatsiya qilish bilan bog‘liq bir qator jarayonlar
amalga oshirilganidan so‘ng, Akkreditatsiya markazi akkreditatsiya to‘g‘risidagi
guvohnomani taqdim etadi.
Nazorat savollari:
1.Akkreditlashtirish tizimida xalkaro tashkilotlari o‘rni
2.Xalkaro tashkilotlar faoliyati
3.Xalkaro tashkilotlar bilan o‘rnatilgan aloqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |