Partiyalab ishlab chiqarish usuliga uskunalarni yangi partiya mahsulot uchun kayta sozlash bilan boglik tuxtab turishlar xosdir. Shu sababli bu usulda ishlab chiqarishni tashkil etishda birinchi navbatda mahsulot nomenklaturasini kiskartirish va takrorlanuvchi partiyalar xajmini oshirish zarur. Partiyalab ishlab chiqarish usulida uskunalardan foydalanish darajasi va mexnat unumdorligini oshirish ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligini takomillashtirish, ishlab chiqarishni operativ rejalashtirish, zarur tuplam(zadel)larni shakllantirish xamda ishlab chiqarishni zarur materiallar va yarimfabrikatlar bilan uzluksiz ta’minlash orkali erishiladi.
Partiyalab ishlab chiqarish usullari seriyalab va mayda seriyalab ishlab chiqarish bilan birga zavodlarning aloxida uchastkalarida xam kullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |