1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
Ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
Download 465.5 Kb.
|
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’mirlararo xizmat kursatish
- Joriy sozlash
- Urtacha sozlash
- Kapital sozlash
- Sozlash tsikli
5.1. Ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish va boshqarish.
Operatsion tizim ishlab chiqarish quvvatlarini ishga yarokli xolda saklab turish va ta’mirlash bilan korxona ta’mirlash xo’jaligi shugullanadi. Ularning xajmi, tarkibi, tuzilishi,xodimlar soni korxona ishlab chiqarish quvvatlariga boglikdir. Yirik korxonalarda ta’mirlash xo’jaligi tarkibiga mexanika, elektr dastgoxlarni ta’mirlash, kurilish va sanitariya dastgoxlarini sozlash tsexlari, uchastka va brigadalari kiradi. Dastgox, bino va inshootlardan foydalanish davrida, ularni yaroksiz axvolga olib kelmaslik, korxonaga katta zarar etkazmaslik, ularni ish xolatida saklab qolish va texnik darajasini yaxshilash maksadida extiyot chora-ta’mir rejalar (planovo - predupreditelьno’y remont) tizimidan foydalaniladi. Bu tizim jixozlarning ish xolatini ta’minlash maksadida avvaldan belgilangan reja asosida utkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar majmuasini amalga oshirishni ham uz ichiga oladi. Rejali sozlash tizimida ish urinlaridagi jixozlarni kuzdan kechirish, joriy, urtacha va kapital remont ishlari amalga oshiriladi. Bunda dastgoxlarga xizmat kilish, ulardan unumli foydalanish, remontlararo davri shaklini aniklash, turli dastgoxlarni sozlash uchun sarf buladigan mexnat va materiallar me’yorlarini aniklash kabi vazifalar bajariladi. Ta’mirlararo xizmat kursatish dastgoxlarni kundalik kuzatish, ularni ish xolatida saklab turishdan iborat. Buning uchun dastgoxlarni tozalash, yuvish, yoglash, texnika xolatini saklab turish, bir xil dastgox qismlarini, texnika xavfsizligi uchun kuyilgan tusiklarni yaxshi xolda saklash kabi ishlar bajariladi. Remontlararo xizmat kilishning asosiy maksadi dastgoxlarni ishlash faoliyatidagi va remontlararo oraligidagi muddatni uzaytirish va shu bilan birga ularga sarf buladigan xarajatlarni kiskartirishdan iborat. Bu sozlashni asosan — navbatchi chilangar, sozlovchi(naladchik) yoki asosiy tsex ishchilari, tsex boshligi, masteri yoki mexanigi nazorati ostida bajariladi.
Urtacha sozlash jixozlarning yaroklilik xolatini saklab turish maksadidi utkaziladi. Bunda uskunalarning texnik xolati tekshiriladi, uning xamma qismlari kurib chikiladi, aniklangan nuksonlar bartaraf etiladi, eyilganlari yangisi bilan almashtiriladi, tozalanadi, yuviladi, joylanadi. Kapital sozlash bajariladigan ishning murakkabligi va xajmi jixatidan kattaligi bilan boshka sozlashlardan farak kiladi. Bu sozlashning asosiy maksadi dastgoxlarni yangilariga almashtirish, qismlarini kayta yangilash kabi ishlardan iborat. Kapital sozlashlarga sarflangan xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu ishni asosan mexanika ustaxonasining mutaxassislari bajaradi. Dastgoxlarni sozlash reja asosida amalga oshiriladi. Ta’mirlash ishlarini rejalashtirishning asosiy kursatkichlariga: sozlash davri (tsikli)ning davomiyligi; sozlash davrida dastgoxlarning normativ ishlamay turishi; sozlash jarayonlarining sermexnatliligi; dastgoxlar tuzilishining murakkabligi. Sozlash tsikli deb ikki kapital remont oraligidagi yoki dastgoxlar korxonaga sotib olinganidan to kapital sozlash davrigacha bulgan muddatga aytiladi. Uning davomiyligi yil, kvartal, oy, kun, soat bilan belgilanadi. Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling