1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
a) ishchi kuchining doimiy mikdorida ishlab chiqarishning doimiy xajmi
Download 465.5 Kb.
|
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- b)Ishchi kuchining doimiy mikdorida ishlab chiqarishning uzgaruvchan xajmi.
- .2. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda xisobga olinadigan omillar.
a) ishchi kuchining doimiy mikdorida ishlab chiqarishning doimiy xajmi.
Mahsulot iG’ch Ishchilarning ishsiz turib ko- lish vaktini koplash (kompensatsiya) talab
ishlarning bir qismini kichik pudratchilarga berish
Ishlab chiqarish xajmi Talab ishchilarni ishchilarni bushatish yollash ishchi kuchi ishchilarni bushatish Vakt
8-chizma. Ishlab chiqarishni rejalashtirishning uch asosiy strategiyasi. Ishchi kuchining doimiy soni bilan ishlab chiqarishning domiy xajmini ushlab turish strategiyasida talabning uzgarishlaridan kat’iy nazar mahsulot (xizmatlar) bir xil mikdorda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish xajmi uzgarmagani sababli yollangan ishchilar sonini uzgartirishning zarurati yuk. Umumiy talab va ishlab chiqarish xajmi orasidagi farkni ishlab chiqarilgan mahsulotlar zaxiralarini yoki mijozlar buyurtmalarining kechiktirilgan xajmini (portfelini) oshirib yoki kamaytirib koplpsh mumkin. Bu prinsip kuprok kapital sigimli ishlab chiqarishlarda va tayyor mahsulotlarni saklashga kam nisbiy xarajatlar talab kilganda kullaniladi. Ishchi kuchining doimiy mikdori bilan ishlab chiqarishning uzgaruvchan xajmini ta’minlash strategiyasini amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqarish xajmi talabga karab uzgaradi, lekin ishchilar soni uzgarmas xolda koladi. Bunda ishlab chiqarish xajmi va ishchilar sonidagi fark ishdan tashkari vaktda ishlashni tashkil etish,ishchilarga dam olish kunlari berish yoki ishlarning bir qismini pudratchilarga topshirish orkali tartibga solinadi. Bu printsin kup mexnat sarfli, yukori malakali ishchilar talab kiladigan va tayyor mahsulotlar zaxiralarini yoki kechiktirilgan buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoni bulmagan (yoki juda qimmatga tushadigan) tarmoklarda kullaniladi. Uzgaruvchan ishchilar soni bilan uzgaruvchan xajmda ishlab chiqarishni tashkil etish strategiyasi ishlab chiqarish xajmining uzgarishiga karab ishchilarni yollash va kiskartirishni kuzda tutadi. Bu strategiya mexnattalab, yukori malakali mexnatni talab etmaydigan jarayonlarda yoki mavsumiy ishlaydigan korxonalarda kullanilishi mumkin. Deyarli xar bir operatsion tizim uchun minimal umumiy xarajatlar bilan ishlab chiqarishning optimal rejasini tuzishda ushbu strategiyalardan biri to’g’ri keladi. Lekin, amaldagi ishlab chiqarish rejalarida kupincha bu prinsiplarning ikkitasi, ba’zi xollarda uchchalasini birlashtirish kuzatiladi. CHunki sistemaning kursatkichlari, cheklashlari sababli (masalan, zaxiralar xajmi, ishdan tashkari vaktda ishlash soatlari) kupincha sof strategiyalarni kullash mumkin bulmaydi. 6.2. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda xisobga olinadigan omillar. Operatsion tizim tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulot va xizmatlarga bulgan talabning umumiy yigindisi xajmi - yalpi talab deyiladi. Turli xildagi mahsulotlar ishlab chikaruvchi korxonaning u yoki bu mahsuloti yoki xizmati uchun yalpi talabni masalan, odam-soatlardagi mexnat sarfi bilan yoki asbob-uskunalarning ishlash vakti bilan ulchash mumkin. Kupchilik operatsion tizimlar uchun yalpi talab kursatkichi yil mavsumiga boglik. Masalan: yogochsozlik, kurilish, tsement va x.k. mahsulotlari ishlab chikaruvchi va xizmat kursatuvchi korxonalar mahsulotlariga talab kurilish mavsumi avjiga chikkan yoz oylarida eng yukori buladi. Buxgalterlik firmalarining xizmatlariga umumiy talab soliklar tulash vakti kelganda, masalan, chorak, yarim yillik va yil yakunlarida eng yukori bulishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish umumiy talabdagi uzgarishlarni xisobga olgan xolda operatsion tizimdan unumli foydalanish xakida karor kabul kilishni uz ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarishning agregatlashgan (majmuali) rejasi odatda bir yildan kam bulmagan rejalashtirish davri davomida anik muddatlarga (masalan,oyma-oy) tuziladi. Rejalashtirilayotgan xar bir davr uchun quyidagi ikki uzgaruvchini aniklash lozim: 1.Berilgan davrdagi ishlab chiqarish xajmi. 2.Ushbu davrda ishlovchilar soni. Bu ikkala kursatkich bir – biriga boglik bulib, korxonaning operatsion tizimi turi, rejalashtirish strategiyasi, korxonaning ishlab chiqarishni tashkil etish darajasiga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, iste’molchilarning buyurtmalari, davlat buyurtmalari, shartnomalar, korxonaning moddiy- texnika imkoniyatlari, tayyor mahsulotlar zaxiralari, xodimlar malakasi, marketing tadqiqotlari, raqobatchilik strategiyasi kabi omillar xisobga olinadi. Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling