10. Sifatni ta’minlash.
Tashkilotlar o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlari uchun o’z mahsulot va xizmatlarining raqobatbardosh sifati va raqobatbardosh narxlarini ta’minlash zarur. Erkin raqobatchilik muxiti qaror topgan sharoitlarda korxonalar operatsion tizim unumdorligini oshirish orqali bozorda mustaxkam o’rin egallashi va samaradorlikka erishishlari mumkin. Operatsion tizim unumdorligi esa mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish orqali erishiladi.
Rivojlangan xorijiy firmalar tajribasidan ma’lumki, sifatni boshqarishni asosiy strategiya sifatida tanlagan menejerlar o’z korxonalarini muvaffaqiyatli boshqarishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |