10.1. Mahsulot va xizmatlar sifati tashkiliy ta’minlash.
Sifat — bu turli odamlar uchun turli ma’noga ega nisbiy tushunchadir. Sifat zanjiri tushunchasi sifatning uch muxim jixatini aks ettiradi. Birinchi bosqichda sifat korxonaning mahsulot va xizmatlarining korxona ichki texnik shartlariga mosligi darajasini kursatadi. Sifatning bu jixati texnik shartlarga moslik sifati deyiladi. Ikkinchi bosqichda konstruktsiya (tuzilish) sifati baxolanadi.
Mahsulot sifati uning konstruktsiyasiga korxona tomonidan kuyilgan texnik talablarga javob berishi mumkin,lekin konstruktsiyaning uzi yukori yoki past sifatda bulishi mumkin. Uchinchi bosqichda sifat tushunchasi korxonaning mahsulot va xizmatlarining iste’molchilarning real extiyojlarini kondirish darajasini ifodalaydi.Sifatning ushbu jixati funksional sifat deyiladi.
Aytish kerakki, mahsulot yoki xizmatlar ichki texnik shartlarga to’g’ri kelishi mumkin, uning konstruktsiyasi a’lo darajada bulishi mumkin,lekin bu mahsulot (xizmat) iste’molchilarning konkret extiyojlarini kondirishga to’g’ri kelmasligi mumkin.
YUkoridagilardan kurinib turibdiki, sifatning xar uchchala jixati xam muxim axamiyatga ega va raqobatbardosh sifatga ega bulgan mahsulot (xizmat) larni yaratish uchun bu yunalishlarning barchasiga e’tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |