1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари


Loyiha ishlarining bajarilishini nazorat kilish


Download 465.5 Kb.
bet65/94
Sana05.01.2022
Hajmi465.5 Kb.
#230403
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev

9.2. Loyiha ishlarining bajarilishini nazorat kilish.

Loyiha bo’yicha ishlar xolati loyiha ustida ishlovchi xodimlarning ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan yig’ilishlarini tashkil etish orqali nazorat qilinadi. Bunday yig’ilishlarda gurux a’zolari o’zlari javob beradigan operatsiyalar bo’yicha ishlar xolati to’g’risida ma’lumot beriladi. Ishlarning bajarilishi xaqidagi xar bir xisobot u yoki bu ishning tugashiga qancha vaqt talab qilinishi xaqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni ishlarni bajarish grafigi bilan solishtirib kalendarь rejadan chetga chiqishlar aniqlanadi. Agarda ba’zi bir operatsiyalar bajarilishi kechiksa, grafikka moslashishning turli variantlari ko’rib chiqiladi. Xuddi shunday usullar belgilangan smeta yoki sifat ko’rsatkichlaridan chetga chiqish xollarini aniqlash va to’g’rilashda qo’llaniladi.

Ishlar kechikkanda grafikka tushishning quyidagi variantlardan foydalanish mumkin;

1. Ishdan tashkari vaqtda (dam olish kunlarida xam bulishi mumkin)

ishlarni tashkil etish.

2. Ba’zi bir operatsiyalarni davomiyligini qisqartirish. (bunga qo’shimcha ishchilarni yollab xam erishish mumkin)

3. Avvaldan ketma-ket bajarilish ko’zda tutilgan ishlarni parallel bajarish

CHetga chiqishlarni to’g’rilash tadbirlari variantlari tanlashda mavjud texnik, tashkiliy, moliyaviy va boshka imkoniyatlardan kelib chiqish zarur. Yig’ilishda ko’rib chiqilgan variantlardan birini tanlab olish lozim.

Kritik yo’l usulidan loyihalarni boshqarishda foydalanish raxbariyatga faqatgina miqdoriy axborotnigina emas, balki loyiha ishlarni mantiqiy taxlil qilish, ularni mufassal rejalashtirish va xujjatlashtirish uchun standart shakllar tuzish imkonini beradi. Bunda quyidagi qarorlar qabul qilinadi:

—loyihani amalga oshirish uchun qanday operatsiyalar talab qilinishi to’g’risidagi qarorlar;

—xar bir operatsiyani bajarish uchun qanday resurslardan foydalaniladi;

—xar bir operatsiyani bajarish kancha vakt talab etish kerak;

—xar bir operatsiya kachon bajarilish kerak;

Loyiha ishlari rejasiga rioya qilish uchun loyiha ustida ishlayotgan gurux a’zolarining ishlarini rejalashtirish tartibiga solish ishlarida bevosita ishtirok etishi, reja asosidagi mantiq va prinsiplarni tushunishi talab etiladi.

Taxminan 1980 yilgacha loyihalarni boshqarishning murakkab tizimlaridan foydalanish asosan yirik loyihalar bilan cheklangan bo’lib, murakkab EXMlardan foydalanish yordamiga asoslangan. Keyingi yillarda o’rta va kichik kompьyuterlarning imkoniyatlari ortishi va narxi tushishi, ular uchun loyihalarni boshqarish bo’yicha dasturlar paketlari yaratilishi kichik va o’rta xajmdagi loyihalarni boshqarishda tarmoqli grafiklarga asoslangan boshqarish tizimlardan foydalanishi imkoniyatlarini yaratdi.


Download 465.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling