1-mavzu. Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni. Amaliy geografiyaning metodologik asoslari Reja


Download 0.98 Mb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1299090
  1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-mavzu. Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni. Amaliy geografiyaning metodologik asoslari
Reja:
1.Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
2.Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari
3. Amaliy geografiyaning ahamiyati.
Tayanch atamalar: geografiya, Amaliy geografiya, Tabiiy geografik jarayon, ekologik muammolar, tabiiy sharoit, Umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar, Ishlab chiqarish, baholash, bashorat qilish;


Bizga ma’lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik faoliyatini o'rganadi.
Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug'ullanadi.Insoniyat paydo bo'lgan davridan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va labiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlai murakkablashib bormoqda. Buning nalijasida mahalliy, mintaqaviy hamda umumsay-yoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo bo'lmoqda. Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, ba­hoiash va ularning sodir bo'lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur muammolami o'rganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo boldi va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini bashorat qilishdan iboratdir. Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o'rganish va baholash;

  2. Tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat qilish;

  3. Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish;

  1. Umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga kclish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;

  2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish.

Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayolgan yangi tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geo­grafiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini o'iganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo'shgan. Amaiiy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot usullaridan foydalanadi. Mazkur tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali, ekologik, landshaftli va iqtisodiy. Ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin.
Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik sistemalardan iborat bo'ladi. Masalan, Chirchiq vodiysini ma'lum bir yaxlit sistema sifatida oladigan bo'lsak, u bir-biri bilan bog'langan quyidagi sistemalardan iborat: geologik tuzilishi; relyefi; suvlari (daryolari, ko'llari, muziiklari, botqoqliklari, yer osti suvlari); iqlimi; tuproqlari; o'simlik va hayvonot dunyosi; qishloq xo'jaligi; sanoati; transporti; aholi manzilgohlari (slahar va qishloqlar); gidrotexnik inshootlar va h.k. (Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Bu sistemalaming biri o'zgarsa, boshqalari ham o'zgaradi. Masalan, iqlim yoki suv sistemasi o'zgaradigan bo'lsa, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi ham o'zgaradi.
Ekologik usul (yondashuv). Ushbu usulda ma'lum bir hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlarning (o'simlik va hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi. Masalan, Chorbog' suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha qismi suv ostida qoldi, yer osti suvlari sathi ko'tarildi, tuproq va havoda namlik miqdori oshdi (2-rasm). Buning oqibatida tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi o'zgarishga uchradi. Suv ostida qolgan qishloqlar aholisi ko'chirildi, yangi, shinam va go'zal Chorbog' shaharchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak, ekologik yondashuvda tabiatda sodir bo'ladigaji o'zgarishlarning tirik organizmga ta'siri oldindan o'rganilar va bashorat qilinar ekan.
Landshafi usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo'llanganda, hudud ma'lum bir landshaft turlariga bolib o'rganiladi. Masalan, biror tuman hududini o'tganadigan bo'lsak, mazkur tuman hududi avval tabiiy va antropogen landshaltlarga ajratiladi. Tabiiy landshaftlar o’rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan, botqoqlardan, sho'rxoklardan. soy vodiylaridan, yonbag'irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo'lishi mumkin. Antropogen landshaftlar esa qishloq xo'jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo'llardan, shahar va qishloqiardan iborat bolishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida-alohida tahlill qilinadi.Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisoblashlar orqali tabiiy sharoitda, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi.Masalan, aholi sonining o'sishi yoki kamayishi va h.k.Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi, amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda. bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza qilishda, atrof-muhitning tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foydalanadi. Amaliy geografiya bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy,mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun amaliy geografiya fanini chuqur o’rganish, uning tadqiqot usullarini bilish bilan tabiyatda yuz berayotgan turli muammolarni sonini kamayishiga erishish mumkin.
Hozirgi paytda tabiat vajamiyat o'rtasidagi o'zaro tasirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib cliiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo'lmoqda. Jamiyat ish-lab chiqarish kuclarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga tasir etar ekan uning o'zi ham aks ta'sirga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta'siri ko'p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Shunday ko'ngilsiz hodislarni oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko'paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o’zining munosib hissasini qo’shyapti.Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muam-molari bilan shug'ullanadi
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muam-mosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi”ning maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko’llar suvi tozalanib borilmoqda.Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yaxsh-lash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning rivojlanishini basho-ratlash, yirik loyihalami ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatida ega bo'lgan muammolarni yechishdagi ishtirokining ortib borishiga sabab bo'lmoqda.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling