Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha? Bizga ma’lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rganadi. Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug‘ullanadi. Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o‘rganish, baholash va ularning sodir bo‘lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yo‘nalish, ya’ni amaliy geografiya fani paydo bo‘ldi va u hozirgi paytda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishini bashorat qilishdan iboratdir. Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 1) xo‘jalik maqsadlarida foydalinsh nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o‘rganish va baholash; 2) tabiiy geografik jarayonlarni o‘rganish, baholash va bashorat qilish; 3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish; 4) umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish; 5) ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish. Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi tarmoqlaridan biri bo‘lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg‘oniy Nil daryosining suv sarfini o‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha amaliy geografik ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, Yerning asosiy o‘lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo‘shgan. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling