Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bioekologik monitoring
Antropogen landshaftlar Antropogen landshaftlar - inson faoliyati natijasida yaratilgan landshaftlar. Ular shahar, qishloq xo'jaligi, sanoat, transport va boshqalar kabi erdan foydalanishning har xil turlarini o'z ichiga olishi mumkin.
Antropogen landshaftlarning asosiy turlari quyida keltirilgan: Shahar landshaftlari: shaharsozlik natijasida yaratilgan, jumladan, turar-joy, savdo, sanoat zonalari, bog'lar, maydonlar va boshqalar. Qishloq xoʻjaligi landshaftlari: dalalar, bogʻlar, yaylovlar, fermer xoʻjaliklari, dehqonchilik zonalari kiradi. Sanoat landshaftlari: korxonalar, fabrikalar, omborlar, ishlab chiqarish majmualari kiradi. Transport landshaftlari: yo'llar, ko'priklar, temir yo'llar, aeroportlar kiradi. Rekreatsion landshaftlar: dam olish, sport va o'yin-kulgi uchun mo'ljallangan, jumladan, parklar, bog'lar, plyajlar, lagerlar va boshqalar. Energiya landshaftlari: elektr stantsiyalari, gidrotexnika inshootlari, shamol va quyosh fermalarini o'z ichiga oladi. Urbanlashgan landshaftlar: shahar, sanoat va transport landshaftlari birlashgan hududlar. Tashlab ketilgan landshaftlar: inson tomonidan tashlab ketilgan va tabiatga duchor bo'lgan hududlar. Ushbu turdagi antropogen landshaftlarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga va atrof-muhitga ta'siriga ega. Bioekologik monitoring ? Bioekologik monitoring (BEM) I.P.GYerasimovv bo‘yicha atrof-muhitning hozirgi monitoringning birinchi bosqichi bo‘lishi lozim. Uiing asosiy vazifasi atrof-muhit ifloslanishining inson va umuman, aholi sog‘lig‘iga ta’sirini kuzatishdan iborat. Bu hol birinchidan, ushbu monitoring maqsadi manfatlarga yo‘naltirilganligi; ikkinchidan, inson salomatligi tabiiy muhit holati o‘zgarganligining asosiy mezoni hisoblanishi bilan izohlanadi. Inson salomatligining o‘zgarishi atrof-muhit holatining o‘zgarishdan darak bYeradi, binobarin, uni yaxshilash choralari ko‘rilishi muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ushbu bosqichni, bioekologik yoki qisqacha sanitar-gigienik monitoring, deb ham ataladi. Atrof-muhitining o‘zgarishi (ifloslani- shi) sekin-asta yoki keskin ravishda sodir bo‘lishi mumkin. SHu tufayli nazorat ishlari muntazam bo‘lishi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lga noxush hodisalarning oldini oluvchi tadbirlar majmuasi oldindan belgilanishi zarur. Masalan, enidemiyalarning tabiiy o‘choqlari yoki kishilarning ommaviy zaharlanishini aniqlash darkor. Birinchi galdagi o‘zgarish natijasida, ya’ni tabiiy muhit holatining asta-sekin o‘zgarishi tufayli inson sog‘ligiga tez muddatda ta’sir etmasligi mumkin, lekin vaqt mobaynida qaytarilib turilishi sababli jiddiy darajada zarar keltirishi aniqlangan (masalan, radioaktiv nurlanish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarning pestitsidlar ta’sirida zaharlanishi va boshqalar). BEMda kuzatish shoxobchalarining joylashtirilishi geoti- zimlarning, ijtimoiy va iqtisodiy komponentlarning tuzilmasiga bog‘liq. Aholi sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun ma’lum ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lishi kYerak. Ular odamning atrof-muhit ifloslanishi tufayli ekologik aks ta’sirlanishini ifodalashi lozim. Bu turli xildagi kasallanish va o‘limning yuz bYerishi bilan izohlanishi mumkin. Lekin ularni jamlashtiruvchi ko‘rsatkich sifatida umumiy kasallanish (odamning kasallanishi yil davomida necha marta sodir bo‘lganligi) va o‘lim (ularning miqdori vaqt mobaynida hududga nisbatan) ko‘rsatkichlari e’tiborga olinishi kYerak. SHuningdek, tug‘ilishning tadrijiy o‘zgarishi (dinamikasi) va xayotning davomiyligi (o‘rtacha umr ko‘rish, 1 yoshgacha go‘daklar o‘limi) ham inobatga olinishi taqozo etiladi. BEMda ko‘rsatkichlarning tarkibini aniqlash va ular o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik va aloqadorlik hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va genezisini aniqlashi talab qiladi. SHuning uchun ko‘rsatkichlarni tanlashda ma’lum tartib bo‘lishi shart. Birinchi navbatda eng aniq va eng xavfli ko‘rsatkichlarga e’tibor bYerilishi lozim, so‘ngra boshqa ko‘rsatkichlarga o‘tiladi. Ekologik monitoring tizimida ko‘proq sinalgan tajriba atmofYera havosi va suv havzalarining ifloslanganligini bildiruvchi, ya’ni zaharli ko‘rsatkichlarni ifodalovchi ruhsat etilgan konsentratsiya (REK) hisoblanadn. Bu ko‘rsatkich havo yoki suv (tuproq)ning turli chiqindi va kimyoviy ashyolar bilan ifloslanish darajasi me’yordan necha marta kattaligini ko‘rsatadi. Bular, albatta, o‘simlik, hayvonlar, tuproq va boshqa tabiat komponentlari uchun ham ishlab chiqilmoqda( (6-jadval). BEM bo‘yicha atrof-muxitni ifoslantiruvchi moddalarni ko‘rsatib o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi: radionuklidlar; gazli chiqindilar (oltinugurt qo‘sh oksidi, uglYerod oksidi, azot oksidi, azot (II) oksidi na boshqalar); minYeral chiqindilar (simob birikmasi, qo‘rg‘oshin, mishyak fosfor, kadmiy, ftop, nitrey, nitratlar va boshqalar); organik va polimYer ifloslantiruvchilar (DDT, pestitsidlar, neft uglevodorodlari, mikroblar va boshqalar). REKga faqat zaharli chiqidilarni qo‘shish bilan birga, fizik xodisalarni ham kiritish kYerak (shovqin, odam va hayvonda ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi), bunda shuningdek, allYergik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi biologik xodisalarga ham ahamiyat bYerish talab etiladi. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling