Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
Biosfera monitoringi BiosfYerali monitoring (BSM) I.P.GYerasimov bo‘yicha atrof-muhit monitoringining uchinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda biosfYera bir butun holda uning inson ta’sirida ayrim ekologik hudud bo‘yicha emas, balki kuzatish, nazorat qilish va bashoratlash ishlari global xolda amalga oshiriladi BSM bio- va geoekologik monitoringni to‘ldirgan holda ularning tadqiqotlari natijalariga tayanib, bugun kuzatish tizimini biosfYera bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutadi.
BSM ning acociy vazifasi xozirgi biosfYerani bosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatish ishlarini olib borishdan iborat. Bundan maqsad ularning davrli yoki yo‘naltirilgan holdagi o‘zgarishlarni aniqlashdir. Bu hol insoning yashashi va hayotiy faoliyati me’yorda bo‘lishligini oldindan kuzatishga imkon bYeradi. Ehtimol, ushbu ko‘rsatkichlar qatoriga Quyosh radiatsiyasining geofizik tavsifnomalari, ya’ni atmosfYera va Yer yuzasiga kelgan quyosh nurlarini ozon ekrani, atmosferaning changlarga to‘yinishi, gaz tarkibining o‘zgarishi antropogen genezisga ega bo‘lgan issiqlik manbalari kiritilishi lozim. BSMniig acociy ko‘rsatkichlari tarkibiga, shuningdek, quruqlik va Duiyo okeaning global biologik mahsuldorligi bo‘yicha hisob-kitoblar, biosfYeradagi fotosintez jarayoni undagi antropogen o‘zgarishlarning barchasi kirishi kYerak. SHu maqsadda quruqlikdagi o‘simlik qoplami bilan atmosfYera o‘rtasidagi; okeandagi planktonlar bilan atmosfYera o‘rtasidagi gaz almashinuvi; quruqlik-atmosfYera Dunyo okeani o‘rtasidagi gaz almashinuvlari va boshqa jarayonlar ustidan ham kuzatish olib borilish darkor. BSMda antropogen omilning iqlimga ta’siri borasidagi kuzatishlar amalga oshirilishi lozim. Bular qatoriga yana namlikning global aylanish, Dunyo okeanining ifloslanishi borasidagi kuzatishlarni kiritish ia o‘rganish maqsadga muvofiq. BiosfYeraning radiaktiv ifloslanishi ham BSM tadqiqotlar dasturidan o‘rin olgan ma’qul. BSM shoxobchalarida (stansiya) muhit ko‘rsatkichlari va o‘rtacha tavsifnomali ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish amalga oshriladi. BSM vazifalari qatoriga atmosfYera va quruqlik suvla- rining transkontenental miqiyosda ifloslanishni kuzatish, nazorat qilish va o‘rganishni ham kiritish lozim. CHunki, buni faqat BSM miqyosida kuzatish mumkin, mahalliy va hududiy kuzatishlarning samarasi kamroq. 1983 yilda Minsk shahrida BiosfYera qo‘riqxonalari bo‘yicha I Halqaro kongress bo‘lib, unda dunyo bo‘yicha 226 ta BQ lari e’tirof etildi. SHulardan 22 tasi MDHda, 1 tasi O‘zbekistondadir. BiosfYera qo‘riqxonalari shoxobchalariga (BQSH) monitoring bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklatiladi: BSM geoekologik mintaqaviy yoki hududiy mahsus maydoncha (poligon) lardagi tadqiqotlarga tayanish kYerak, chunki ko‘plab matYeriallardan o‘rtacha miqiyosdagi dunyo malumotlari negizida ma’lumotlarni echishda foydalaniladi va BSM matYeriallari asosida global bashoratlarni ishlab chiqishda ishlatiladn. Biroq BSMni amalga oshirishda boshqa tadqiqot usullari va kuzatish shoxobchalaridan ham foydalanish zarur. So‘zsiz kuzatishlar orasida atmosferaning meteorologik zondlashtirish. Ep cun’iy yo‘ldoshlari orqali turli sur’at va teletasvirlarni olish, telemetrik indikatsiya na Yerdagi ob’ektlarning ma’lumotlarini radiolakatsiya yo‘li bilan olish, boshqa balandlik, texnik va Yerdagi kuzatuv vositalari ishlatiladi. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling