Amaliy geografiya fani haqida tushuncha?
Geografik bashorat usullari
Download 99.01 Kb.
|
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik o‘xshatish usuli.
Geografik bashorat usullari
Geografik bashoratlashda turli xil usullardan foydalaniladi. Qanday usullardan foydalanish bashoratning maqsadi va muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Qisqa muddatli geografik bashoratlardalandshaft-indikatsiya usuli, uzoq muddatli geografik bashoratlarni amalga oshirishda geografik o‘xshatish va ekstrapolyatsiya usuli qo‘llaniladi. Bundan tashqari juda ko‘p hollarda tizimlararo tahlil usulidan keng foydalaniladi. Landshaft-indikatsiya usuli. Mazkur usulning mazmuni shun- dan iboratki, landshaftning bevosita ko‘rinib turadigan komponentlari (o‘simlik, tuproq, relyef va boshqalar) xususiyatlarini o‘rganish orqali kuzatib bo‘lmaydigan komponentlarning holatini o‘rganish mumkin. Masalan, o‘simlik turini aniqlash va holatini o‘rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Agar cho‘lda yantoq o‘simligi keng tarqalgan bo‘lsa, yer osti suvlari 5-10 m chuqurlikda, agar qamish o‘sayotgan joy bo‘lsa, yer osti suvlari 1,5-2 m chuqurlikda ekanligi va tuproqlar o‘rtacha sho‘rlanganligi haqida xulosa chiqariladi. Shunday qilib, dala sharoitida landshaftlar o‘rganilayotganda o‘simlik, tuproq va relyefning xususiyatlariga e’tibor berilsa, boshqa komponentlar to‘g‘risida, ya’ni qaysi o‘simlik qoplami keyinchalik eng ko‘p tarqalishini ham bashorat qilish mumkin. Geografik o‘xshatish usuli. Bu usulda biror hududda bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganish asosida xuddi shunday o‘zgarishlar boshqa shunga o‘xshash hududlarda ham sodir bo‘lishi mumkinligi bashorat qilinadi. O‘xshatish usulini qo‘llashning asosiy shartlaridan biri o‘xshatish o‘lchamlarining mos kelishidir. O‘xshatish o‘lchamlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) relyef sharoitining o‘xshashligi. Bunda ikkala hudud ham bir xil relyef shaklida joylashgan bo‘lishi lozim (daryo vodiysi, tekislik, botiq, yonbag‘ir, balandlik); 2) tog‘ jinslari va ular xossalarining o‘xshashligi. Ikkala hudud ham deyarli bir xil xossaga (suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan, yoriqsiz, yoriqli, gilli, qumli, qoyali), bir xil genezisga ega (cho‘kindi, metamorfik, magmatik) tog‘ jinslaridan iborat bo‘lishi lozim; 3) tuproqlari va ularning qalinligi, xossalari bir xil bo‘lishi lozim (masalan, tog‘ bo‘z tuproqlar); 4) o‘simlik qoplamining o‘xshashligi; 5) hayvonot dunyosining o‘xshashligi; 6) insonning tabiatga ta’sirining o‘xshashligi (suv ombori, kon, shahar, ekinzorlar, bog‘lar, to‘g‘onlar, yo‘llar, kanallar va h.k.). Ushbu usul ko‘proq aniq bir muhandislik inshootlarining tabiatga ta’sirini bashoratlashda qo‘llaniladi. Masalan, tekislikda avval qazilgan foydali qazilma konining tabiiy muhitga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilish bilan xuddi shunday sharoitdagi boshqa joyda qazib olinayotgan foydali qazilma konining tabiiy muhitga ta’sirini bashoratlashda o‘xshatish usulini qo‘llash mumkin. Download 99.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling