1-мавзу. Фаннинг предмети, мазмун ва моҳияти
Download 85.47 Kb.
|
1-мавзу ТИФ ТН
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYaNCh IBORALAR
- TIF TN ning asosiy tadqiqot elementlari «tovarlar» va «nomenklatura» terminlari hisoblanadi.
1-MAVZU. FANNING PREDMETI, MAZMUN VA MOHIYaTIREJA:
TAYaNCh IBORALAR:Tovarlar va nomenklatura tushunchalari, tasniflash, xalqaro savdoda tovarlarni tasniflash, Uyg‘unlashgan Tizim, tasniflashning turlari, tovarlarning miqdori, hajmi va o‘lchami.1. Tovarlar tushunchasi va ularning asosiy vazifalariO‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib - bojxona ishining tarkibiy qismi bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlarni sinflash va kodlash bo‘yicha TNning amalga kiritilishi hisoblanadi. Tovarlarning narxini aniqlash va boj to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash va undirish tovarlarning TIF TNga ko‘ra to‘g‘ri tasniflanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tovar va transport vositalarining bojxona nazoratini tashkil etish va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida davlat bojxona siyosatini ishlab chiqish va tashqi savdo bojxona statistikasini aniq yuritishda tovarlarning to‘g‘ri tasniflanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bojxona ishini yuqori darajada tashkil etishda bojxona xodimlaridan tovarlarni sinflashning nazariy qoidalarini va bu qoidalarni amaliyotga tatbiq etishni mukammal bilish talab etiladi.TIF TN ning asosiy tadqiqot elementlari «tovarlar» va «nomenklatura» terminlari hisoblanadi.TIF TN ning asosiy tadqiqot elementlari «tovarlar» va «nomenklatura» terminlari hisoblanadi.Tovarlar – bu oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob’ektlari bo‘lgan har qanday ko‘char mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning natijalari, shuningdek transport vositalari, intellektual mulk ob’ektlaridan iboratdir.Bojxona kodeksining–13-moddasida bayon etilganidek - Tovar va transport vositasi - Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk ob’ektlari, transport vositasi tovardir, bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan transport vositasi mustasno.Download 85.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling