82. Orttirma nisbat qo‘shimchasi -dir haqida bildirilgan qaysi hukm xato?
A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga doimo –tir tarzida qo‘shiladi B) jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -dir tarzida qo‘shiladi C) kesimlik qo‘shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi –dir qo‘shimchalari bilan omonim hisoblanadi D) orttirma nisbat qo‘shimchasi, shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi
83. Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi nisbat shaklida?
A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat
C) aniq nisbat D) orttirma nisbat.
84. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.
A) -tir, -giz, -ish, -il, -sat
B) -ir, -ish, -sa
C) -ir, -iz, -ar, -t, -dir
D) -t, -gaz, -sh, -qaz
85. Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qaysi sintaktik vazifada kelmoqda?
Biror chaqirim yurilsa, bu yo‘l katta guzarga olib chiqadi.
A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi
D) hol
86. Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) urishdi, janjallashdi, bajarishdi
B) so‘kishdi, to‘qnashdi, ketishdi
C) bahslashdi, janjallashdi, to‘qnashdi D) qimirlashdi, yurishdi, janjallashdi .
3-mavzu. Fe’lning vazifadosh shakllari – ma’lum bir sintaktik vazifa bajarishga mos shakllari: sof fe’l, harakat nomi. Sof fe’l, uning kesim vazifasini bajarishga moslashganligi. Harakat nomi, uning grammatik xususiyatlari, yasalishi; fe’lga va otga xos xususiyatlari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |