78. Qaysi gapda o‘zlik nisbat shaklidagi fe’l berilgan?
A) Ammo kampir dodiga odam tez to‘planadi. B) Ayamni yasantirib, mashinaga o‘tqazaman-da, qayoqqa xohlasa, olib boraveraman. C) Ishda martabangiz qancha yuqorilansa, qobiliyat va layoqatingizni ham shuncha oshiring, bo‘lmasa, pushaymon qilasiz.
D) Shu orada qo‘ng‘iroq urildi, ichkariga kirdik.
79. Qaysi gapda birgalik nisbati shaklidagi fe’l berilgan?
A) Xizmatga endigina kirgan vaqtimda bir kelgan edingiz, shu-shu ko‘ngilni egallab qo‘ygansiz.
B) Yo‘q, eshit, mening nimadan jinni bo‘lganimni bilishing kerak.
C) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi. D) Qo‘yish o‘rniga nuqul olyapsiz, tugab qoladi-ku, to‘yni nimaga qilasiz?
80. 1) Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, Mayna deb ism qo‘yishibdi. 2) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun hamma sohalardan xabardor bo‘lishi kerak. Ushbu gaplardagi fe’llarda qo‘llangan –ish qo‘shimchasi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) Birinchi gapda birgalik nisbat, ikkinchi gapda sintaktik munosabat shaklini hosil qilgan. B) Birinchi gapda birgalik nisbat, ikkinchi gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan. C) Birinchi gapda harakat nomi, ikkinchi gapda birgalik nisbat shaklini hosil qilgan.
D) Birinchi gapda birgalik nisbat, ikkinchi gapda yangi so‘z hosil qilgan.
81. Orttirma nisbat hosil qiluvchi qaysi qo‘shimchalar undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi?
A) -g‘iz, -t B) -sat, -dir C) -kaz, -tir
D) -ir, -ar, -iz.
Do'stlaringiz bilan baham: |