1-mavzu. Fe’l. Fe’lning grammatik xususiyatlari (morfologik belgilari, sintaktik vazifalari). Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, bo‘lishsizlik ma’nosining ifodalanishi


Download 360 Kb.
bet46/143
Sana02.01.2022
Hajmi360 Kb.
#189884
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
Bog'liq
15. ON va YN uchun test topshiriqlari

76. Qaysi gap tarkibida o‘tirmoq fe’li yetakchi (mustaqil) fe’l hisoblanadi?

A) Hafiza iymanibgina mehmonlar uchun tayyorlangan so‘riga chiqib o‘tirdi. B) Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tiribdi. C) Aqlli bo‘lsang, shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding?

D) Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman.

77. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilgan qatorni toping.

A) olib kelmoq B) sotib olmoq

C) olib chiqmoq D) yozib bermoq.

78. Qaysi qatordagi birikuv ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hisoblanmaydi?

A) yozdi-oldi B) qiynalibroq qoldi

C) qarab-qarab qo‘ydi D) javob bermoq.

79. Gap bilan ovora bo‘lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

A) bo‘lib, kechikib qolibman – mustaqil sodda fe’llar B) ovora bo‘lib – qo‘shma fe’l; kechikib ham qolibman – ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi

C) ovora bo‘lib – qo‘shma fe’l; qolibman – mustaqil so‘z D) bo‘lib – mustaqil fe’l; qolibman – mustaqil fe’l

80. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibidagi yetakchi va ko‘makchi fe’llar qanday qo‘shimchalarni qabul qilishi mumkin?

A) yetakchi fe’llar – shakl yasovchilarni; ko‘makchi fe’llar – sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni B) yetakchi fe’llarga shakl va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, Ushbu qo‘shimchalar ko‘makchi fe’llarga qo‘shilishi mumkin C) yetakchi fe’llarga shakl yasovchilar, ko‘makchi fe’llarga shakl va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin D) shakl va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar yetakchi yoki ko‘makchi fe’llarga qo‘shilishi mumkin




Download 360 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling