99. Tuslanadigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A) o‘qish, yozish B) o‘qigani, yozgani C) kelgan, borgan
D) barcha so‘zlar tuslanadi
100. Odamlar bir-birlariga ko‘mak beradilar. Ushbu gapda qo‘shma fe’l tarkibidagi -lar qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) ko‘plik qo‘shimchasi B) hurmat shakli qo‘shimchasi C) tuslovchi qo‘shimcha tarkibiga kiruvchi qism D)hurmat ma’nosini ifodalagan ko‘plik shakli qo‘shimchasi
101. Qaysi so‘z turkumlari tuslanadi?
A) olmosh, ot, otlashgan so‘zlar
B) faqat otlar C) faqat fe’llar D) fe’llar va harakat nomi
102. Fe’llarning munosabat shakllariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda hol vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar B) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda aniqlovchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar
C) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar D) fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |