103. Fe’llarning munosabat shakllari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) nisbat qo‘shimchalari B) mayl qo‘shimchalari C) shaxs-son qo‘shimchalari D) zamon qo‘shimchaci
104. Shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.
A) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi
B) fe’lni ega bilan bog‘lab keladi
C) zamon qo‘shimchalarini qabul qilmaydi D) fe’l ifodalagan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi
105. Fe’lga xos sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) fe’l yasovchi qo‘shimchalar
B) zamon qo‘shimchalari C) nisbat qo‘shimchalari D) shaxs-son qo‘shimchalari.
106. Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin?
A) o‘t (o‘t-o‘lan) B) o‘t (olov)
C) o‘t (fe’l) D) A va B
107. Ilgariroq bajarilgan harakat va holatni bildiradigan o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha berilgan javobni toping.
A) -di B) -gan C) -b D) -ib
NAZORAT QILUVCHI TEST SAVOLLARI
9-mavzu. Fe’lning yasalishi (affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan fe’l yasash)
113. Sodda yasama fe’llar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida qaysi so‘z turkumlaridan yasalishi mumkin?
A) otlardan, ravishlardan, olmoshlardan, sifatdoshlardan
B) otlardan, ravishdoshlardan, olmoshlardan, sifatlardan C) otlardan, ravishlardan, olmoshlardan, sifatlardan D) fe’llardan, ravishlardan, olmoshlardan, sifatlardan
114. Ikki fe’lning birikishi odatda qaysi vositalar yordamida amalga oshiriladi?
A) shaxs-son, to‘liqsiz fe’l vositasida
B) shaxs-son, ravishdosh, sifatdosh shakllari vositasida C) kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari vositasida
D) ravishdosh shakllari vositasida
Do'stlaringiz bilan baham: |