122. 1) Bu xatda nima yozilganligini o‘qib ham ko‘rmadi. 2) Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma. Har ikkala gapdagi ko‘rma fe’li qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) birinchi gapda – ko‘makchi fe’l, ikkinchi gapda - mustaqil fe’l B) birinchi gapda – mustaqil fe’l, ikkinchi gapda - ko‘makchi fe’l C) ikkala gapda ham – ko‘makchi fe’l D) ikkala gapda ham - mustaqil fe’l
123. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi?
A) yubormoq B) olmoq
C) boshlamoq D) tashlamoq
124. Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllariga zamon qo‘shimchalari qay tarzda qo‘shiladi?
A) asosiy yoki yordamchi fe’llarga qoshilib keladi B) ravishdosh qo‘shimchalarni qabul qilgan so‘zga qo‘shiladi C) yordamchi (ko‘makchi) fe’llarga qo‘shilib keladi D) zamon qo‘shimchalari harakat tarzi shakllariga qo‘shilmaydi
125. Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllariga nisbat qo‘shimchalari qay tarzda qo‘shiladi?
A) Nisbat qo‘shimchalari –a, -y ravishdoshli harakat tarzi shakllarida asosiy (mustaqil) fe’lga, -b, -ib ravishdoshli harakat tarzi shakllarida yordamchi (ko‘makchi) fe’lga qo‘shiladi. B) Nisbat qo‘shimchalari harakat tarzi shakllariga qo‘shilmaydi. C) Nisbat qo‘shimchalari faqat yordamchi (ko‘makchi) fe’llarga qo‘shiladi.
D) Nisbat qo‘shimchalari yordamchi fe’lga ham, asosiy (mustaqil) fe’lga ham qo‘shilishi mumkin.
126. Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllari qanday so‘zlar qo‘shilmasidan tashkil topadi?
A) mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan ikki fe’ldan tashkil topadi B) ravishdoshlarga to‘liqsiz fe’llarning qo‘shilishidan C) ikkita mustaqil fe’lning ravishdosh qo‘shimchalari bilan birikishidan D) ravishdoshlarga o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, yordamchi ma’nolarda kelgan so‘zlarni biriktirishdan
Do'stlaringiz bilan baham: |