1-mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o‘rni va ahamiyati Asosiy savollar
Download 313.13 Kb.
|
portal.guldu.uz-Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o‘rni va ahamiyati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar
- 1-savol bo’yicha darsning maqsadi
- 1-savol bayoni
- FIFA
1-MAVZU: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o‘rni va ahamiyati Asosiy savollar: Futbol sport turiga tavsif Futbol o‘yinida nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: FIFA, UEFA, AFC,UFA Jarima maydoni, Darvoza maydoni, Darvoza, nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik. 1-savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga FIFA, UEFA, AFC, jarima maydoni, darvoza maydoni, darvoza bo‘yicha nazariy bilimlar berish 1-savol bayoni: To‘p bilan o‘yinlar ichida, shubxasiz, futbol boshchilik qiladi. Ushbu sport turi xammabop bo‘lganligi tufayli er sharining barcha qit’alarida sportning ushbu turi bilan shugullanuvchilar soni allaqachon o‘nlab millionlardan o‘tib ketdi. Futbol o‘yinini paydo bo‘lishi kadim zamonlarga tugri keladi. Greklarda to‘p bilan o‘ynash faxrli o‘yinlar qatorida hamda gimnaziya jismoniy mashgulotlar dasturiga kiritilgan. Futbolga o‘xshash bo‘lgan to‘p o‘yinlarini tilga olinishini biz Evropa, Osiyo va Amerikada yashagan ko‘pgina xalqlarda topamiz. Lekin jismoniy madaniyat va sport tarixi bo‘yicha ko‘pgina mutaxassislar fikri bo‘yicha futbol - bu qadimgi rimliklarni “Garpastup” degan o‘yini bo‘lganligi va ushbu o‘yinni rim legionerlari zabt etilgan mamlakatlar xududlariga, shu jumladan Britaniya orollariga xam kiritganlar. Katta tarixiy davr ichida futbol bilan yoppasiga qiziqish xamda o‘yin larni o‘tkazishni taqiqlash vaqtlari ham bo‘lgan. Masalan: 1313 yilda Angliya kiroli Eduard II shaxar ichida tup bilan o‘yinlar utkazishni ta’kiklagan, chunki o‘yinlar davomida nafakat tartibsizliklar bular edi, balki o‘yinlar shaharliklarni kundalik ishlaridan qoldirar edi. Eduarda II-ning vorisi Eduard III 1349 yilda futbolni Londonda o‘tkazilishini ta’qiqlash haqida farmon chiqaradi, Frantsiya qiroli Karl V 1369 yilda barcha xalq o‘yinlarini umuman ta’qiqlagan. Italiyada (1400 yil) esa biz umuman teskari holatni kuzatamiz, u erda futbol asosan zodagonlarni o‘yini bo‘lib, bu holat xech shubxasiz sportning ushbu turini rivojlanishiga juda katta axamiyat kasb etgan. Futbol rivojlanishining zamonaviy bosqichi XIX asrdan, aniqrog‘i 1863 yil 26 oktyabrdan boshlanib, Londonda futbol assotsiatsiyasi tashkil etilgan xamda 13 moddadan iborat birinchi rasmiy o‘yin qoidalari tasdiqlangan. Futbolning ushbu o‘yin qoidalarida o‘yin uchun maydon o‘lchovlari belgilanib, ular quyidagilarni tashkil etgan: maydon uzunligi - 200 yardov (183 m.) kengligi - 100 yardov (91 m.) darvozalar ikkita ustunlardan iborat bo‘lib , 8 yard (7,32 m.) masofada joylashtirilishi kerakligi belgilangan, tepadagi tusik kuzda tutilmagan edi, fakat 3 yildan sung darvozalar balandligi chegaralandi. Buning uchun ustunlar o‘rtasida arqon o‘tkazilgan, 1876 yilda arqonni taxtadan qilingan erdan 2,44 m balandlikda bo‘lgan to‘siqqa almashtirildi. O‘yinchilar, shu jumladan darvozabon to‘pni qo‘l bilan o‘ynashlariga xaqlari yo‘q edi. Faqat 1871 yilda darvozabonga darvoza maydoni chegarasida qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat etildi, 1902 yilda esa unga qo‘l bilan o‘ynashga jarima maydoni chegarasida ruxsat berildi. 1891 yilda jarima sifatida 11 metrli zarba, inglizchasiga - penalti kiritildi. 1880 yildan maydonga hakam chiqadigan bo‘lib, 1891 yilda unga ikkita yordam xam qo‘shildi. XIX asrning 80-yillarida futbol o‘yini Evropa qit’asining mamlakatlari orasida keng tarqalgan. 1904 yilda Futbol Xalkaro Federatsiyasi - FIFA tashkil topgan. 1954 yildan FIFA bilan bir katorda Evropa futbol ittifoki - UEFA va Osiyo futbol Konfederatsiyasi - AFC faoliyat boshlagan. 1930 yildan boshlab futbol bo‘yicha dunyo Chempionati, 1958 yildan Evropa Chempionati o‘tkazilib kelinmoqda, ularda milliy terma jamoalar ishtirok etadilar. Futbol Olimpiada sport turiga kiradi(1908 yildan). Uzbekistonda futbol o‘tgan asrning boshida paydo bo‘lib , darxol ommabop o‘yinga aylandi. Ushbu o‘yin ayniqsa Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Samarqand va albatta Toshkent shaharlarida shiddat bilan rivojlandi. Birinchi futbol komandasi Fargonada 1911 yildan tashkil etilgan, 1912 yilda tashkil etilgan futbol komandalari “Futbol jamiyati”ga birlashdilar. Toshkentda “TSIJ” (Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) jamiyati futbolchilari mashhur bo‘lganlar. 1912 yilning ikkinchi yarmidan boshlab va butun 1913 yil davomida Andijon, Samarqand va Qo‘qon futbol klublari tashkil etildi. 1914 yil 25 mayda O‘zbekistonning ikkita eng kuchli - Toshkent va Farg‘ona komandalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli match toshkentliklarning 3:2 foydasiga g‘alaba bilan tugadi. 1920 yildan boshlab futbol butun respublika bo‘ylab yoyildi, 1925 yilda ommaviy sport chora-tadbirlar kalendari tuzilib, uchta klass bo‘yicha Toshkent birinchiligi o‘tkazildi, unda 28 komanda ishtirok etdi. 1927 yilda Birinchi Butun O‘zbekiston spartakiadasi o‘tkazilib, Toshkent futbolchilari finalda Farg‘onani 2:1 hisob bilan yutib, 1-o‘rinni egalladilar. Bir yildan so‘ng O‘zbekiston futbolchilari xalqaro spartakiadada qatnashdilar, unda birinchilik uchun 22 komandalar bellashdilar: Angliya, Olmoniya, Avstraliya, Shveytsariya va Finlyandiya terma komandalari. 1934 yilda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo spartakiadasida O‘zbekiston futbolchilari barcha raqiblarni yutib, g‘alaba qozondilar. 1950 yilda “Paxtakor” sport jamiyati tuzildi, 1960 yildan to 1991 yilgacha ushbu sport jamiyati futbolchilari sobiq Ittifok oliy ligasida qatnashib kelganlar.” Paxtakor komandasi tarixida jahon futbol grandlari bilan bog‘lik yorqin sahifalar mavjud. 1979 yilda aviahalokatda 17 iste’dodlik o‘yinchilar halok bo‘lishiga qaramay yangi tarkibdagi Paxtakor oliy ligada sharaf bilan o‘zini chiqishlarini davom ettirdi. 1956 yilda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo bo‘yicha eng yirik “Paxtakor” stadioni qurildi, u uzining tribunalarida 60 mingdan ziyod tomoshabinlarni sigdirgan 1-rasmda FIFA barcha talabalariga javob beradigan futbol maydonining chizmasi ko’rsatilgan. O‘yin maydoni to‘gri to‘rtburchak shakliga ega. Yon tomondagi chiziq darvoza chiziqlaridan uzun bo‘lishi kerak. Maydon uzunligi minimum 90 m. (100 yard) maksimum 120 m. (130 yard) 1 расм. Футбол майдони Futbol buyicha xalkaro uchrashuvlarni utkazish uchun maydon kuyidagi ulchamlarga ega bulishi kerak. Uzunasi: minimum 100 m. (110 yard) maksimum 110 m. (120 yard) Kengligi: minimum 64 m. (70 yard) maksimum 75 m. (80 yard). O‘yin uchun maydon belgilari chiziqlar yordamida qo‘yiladi. Maydonni chegaralaydigan ushbu chiziqlar maydon o‘lchamiga kiradi. O‘yin maydonini chegaralaydigan ikkita uzun chiziqlarni yon tomondagi chiziqlar deyiladi, ikkita kalta chiziqlarni - darvoza chiziqlari deyiladi. Xar qanday chiziqlar kengligi 12 sm (5 dyuymdan) oshmasligi kerak. O‘yin uchun maydon o‘rta chiziq bilan ikkita bo‘linadi. O‘rta chiziq o‘rtasida radiusi 9,15 m (10 yard)ga teng aylana o‘tkaziladi. Download 313.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling