1-mavzu: Gapning ajratilgan bo`laklari. Reja


Download 19.9 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1487686
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ajratilgan ega. Izohlovchi ta’kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1. Dotsent Jumayev Tursunali ilmiy safarga jo‘nadi – Jumayev Tursunali, dotsent, ilmiy safarga jo‘nadi.Кapitan Xudoynazarov so‘z oldi – Xudoynazarov, kapitan,so‘z oldi.Quyidagi gaplarda eganing o‘zi ajratilgan: Siz, yoshlar –bizning umidimizsiz. Bunda yoshlar so‘zshaklini ajralmish egadan oldinga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ajratilgan ega izohlovchidan oldin bo‘lganda uning o‘rnini almashtirish mumkin: Jumayev domla – domla Jumayev kabi.
Ajratilgan hol. Bunda gapning bo‘lagi ma’nosi juda ham aniq bo‘lmagan, umumiy so‘zshakl bilan ifodalanadi.Ajratilgan holning ma’nosi nisbatan muayyan va tor bo‘ladi:Qishda, chillada, bo‘rilar odamga ham hamla qiladi.Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo‘lishi mumkin: Ikrom aka,xayolga cho‘mib, bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi ajratilmishni ajratish-ta’kid deb atash mumkin. Ajratilgan to‘ldiruvchi. Ajratilgan to‘ldiruvchi odatdagi to‘ldiruvchining – olmoshning ma’nosini izohlaydi: Кecha kunduz seni, vafodorimni, o‘ylayman. Ajratilgan bo‘laklar tahlilida yana quyidagiga e’tibor berish lozim:
1) uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z yoki uyushiq so‘zlar ajratilgan bo‘lishi mumkin: 1. Ikrom va Otabek – sinfdoshlar, yo‘lga tushishdi. 2. Sinfdoshlar –Ikrom va Otabek yo‘lga tushishdi. Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Ikrom va Otabek uyushiq so‘zlari ajratilgan kengaytiruvchidir;
2) ajratilgan bo‘laklarni aniqlashda tartib muhim rol o‘ynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi: 1. U shaharga, Qarshiga, ketdi. 2.U Qarshiga, shaharga, ketdi. Birinchi gapda Qarshiga,ikkinchi gapda shaharga so‘zshakli–ajratilgan birlik.
Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo‘lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo‘lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta’tilga chiqar ekan.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Ajratilgan kengaytiruvchilarning gap lisoniy
strukturasiga munosabati qanday?
2.Ajratilgan gap kengaytiruvchilari haqida gapiring.
3.Ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari haqida gapiring
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar:
1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil.
2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o‘quv qo‘llanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil.
Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling