1-mavzu: Gapning ajratilgan bo`laklari. Reja


Download 19.9 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1487686
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Ajratilgan o‘rin holi: Qishloqdan bir qir narida - behisob qizg‘aldoqlar dalani qizartirib, xiyol chayqalib turgan joyda - hulkar o‘t o‘rardi. (P.Qodirov). Oyko‘l qishlog‘ining o‘rtasida, buloq bo‘yida, usta Qambar bilan Norboy ota shunaqa ustundan uchtasini tiklashgan. (P.Qodirov).
Ajratilgan payt holi: Ertaga, yigit, seni kuzatganim zahoti, orqamga qaytaman. (P.Markov).
Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
1. Ajratilgan bo‘laklar, odatda, vergul bilan ajratiladi. Masalan: Biz, tibbiyot xodimlari, xalqqa jon-dildan xizmat qilamiz. (S.Soliyev).
2. Ajratilgan bo‘laklarning tarkibi keng bo‘lsa yoki uning ichida verguli bo‘lsa, bunday ajratilgan bo‘laklar tire bilan ajratiladi. Masalan: Kotiba qiz – Ulfatoy o‘rta bo‘yli, oq yuzli, yonoqlari loladay, qop-qora qosh-ko‘zli ayol – choynakda choy ko‘tarib kirdi... (S.Soliyev)

Qo’shimcha ma’lumot
Tayanch tushunchalar:minimal qolip, maksimal qolip, so‘z kengaytiruvchisi, gap
kengaytiruvchisi, ajratilgan gap kengaytiruvchilari, ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari, ajratilgan gap bo‘lagi, ajratilgan hol,ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan hol, ajratilgan ega, ajratilgan kesim
Ajratilgan so‘z-shakllar. Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma’nosi so‘zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo‘lishi mumkin. Shunda ularning ma’nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta’kid ohangiga ega bo‘lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e’tibor bering: 1. Shavkat she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota. 3. Uning kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy buyida uzoq turdi. 5. Seni sog‘indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so‘zlar ma’nolari izohlarsiz noaniq bo‘lishi mumkin. Buni e’tiborga olgan holda so‘zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so‘zlar bilan qo‘llaydi: 1. Shavkat, shoir, she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota, tog‘lar orasi. 3. Uning, Ikrom Imomzodaning,kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida, qo‘sh yong‘oqning tagida, uzoq turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog‘indim. Birinchi gapda ega (Shavkat)ning ma’nosini shoir so‘zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning ma’nosini tog‘lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning)ning ma’nosini Ikrom Imomzodaning so‘zshakli, to‘rtinchi gapda hol (soy bo‘yida)eng ma’nosini qo‘sh yong‘oqning tagida so‘z-shakli,beshinchi gapda to‘ldiruvchi (seni) ning ma’nosini vafodorimni so‘zshakli izohlagan, to‘ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so‘zlar o‘zi izohlayotgan so‘zlar bilan bir hokim so‘zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma’noga egaligi va ta’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Gapning so‘z kengaytiruvchisi ham, gap kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so‘z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:
a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
b) ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari ko‘rinishida ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin. Gap ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo‘laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo‘laklar deganda, gap konstruktiv bo‘laklarining ajratilishi tushuniladi.Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo‘lak mavqeyiga ega bo‘lmagan atov birliklarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.Masalan, Men seni, vafodorimni, sog‘inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so‘z-shakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo‘lagi emas. Ajratilgan kengaytiruvchining gap struktur sxemasiga munosabati ular izohlayotgan atov birliklariniki kabi.Ajratilgan kengaytiruvchi ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklari-ning «soyasi» bo‘lganligi bois, ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo‘ladi. Ajratilgan kengaytiruvchi muayyanlashtirilayotgan bo‘lakning «soyasi» bo‘lganligi bois, sof nutqiy hodisa.Shuning uchun uning mavjudligi va o‘ziga xosligi sof nutqiy omil – ohang bilan ham bog‘liq. O‘ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa¬ – undalmaga monand bo‘lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo‘ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo‘llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi. Gap va so‘z kengaytiruvchilarining ajratilishida o‘ziga xosliklar bor.Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o‘ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpo‘lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo‘rayev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo‘lsa, u ham shunday mavqega ega bo‘ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo‘lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo‘lat aka) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo‘qoladi va o‘zi ham egaga aylanadi. Toshpo‘lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so‘zshakli o‘rni o‘zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo‘lagi – ega) olganligini izohlanmish (Toshpo‘lat aka)ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo‘laklari vazifasiga qo‘yish bilan amin bo‘lish mumkin:
1) Bu kishi – Toshpo‘lat aka, traktorchi;
2) Toshpo‘lat akani, traktorchini, taniyman;
3) Toshpo‘latning, traktorchining, obro‘yi baland, hurmati joyida. Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo‘lmish traktorchi kesim, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o‘z sifatini o‘zgartiradi.Ajratilgan sifatlovchi. sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o‘tadi: 1. Ipaklari tillodan do‘ppi tikdim – Do‘ppi tikdim, ipaklari tillodan. 2. Yalang oyoq Qobil bobo dag‘-dag‘ titraydi – Qobil bobo, yalang oyoq, dag‘-dag‘ titraydi.Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan kengaytiruvchilar grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o‘zgarishi kasb etmaydi.

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling