1-mavzu: Gavda skeletini tasvirlash. Bosh suyagini tasvirlash. (Old va yon tomondan) Skelet va birikmalar
Download 178.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Skeletning rivojlanishi. Odam skeleti embrion hayotning 2-oyi o‘rtalarida
mezenximadan vujudga kelgan biriktiruvchi to‘qima xujayralaridan paydo bo‘ladi. Mezenximo to‘qimalaridan hosil bo‘lgan alohida xujayralar – osteoblastlar xujayra oraliq suyak moddalarini ishlab chiqara boshlaydi. Bu suyak moddalar asosan organizmda tayanch vazifasini bajaradi. Suyaklar takomillashishi davrida ba’zi biriktiruvchi to‘qimalardan rivojlanadi. Bunday rivojlanish birlamchi suyaklanish yoki biriktiruvchi to‘qima suyaklari deb ataladi. Kallaning miya qismidagi qoplovchi suyaklar va barcha suyaklari birlamchi suyaklanishidan takomillashadi. Boshqa barcha suyaklar togaydan takomillashadi. Ular ikkilamchi suyaklanish deb ataladi. Masalan: uzun naysimon suyaklar diafizm tog‘ay usligi tagidagi tog‘ay xujayralaridan rivojlana boshlaydi. Bunda suyak osteoblast xujayralari hisobiga o‘sib boradi. Bunday tipdagi suyakka aylanish perexondral suyakka aylanish deb ataladi. Suyak o‘sishi vaqtida ichki qismibolaning emirilishi hisobiga ko‘mik (qizil ilik) qismi shakllandi. Uzun naysimon suyaklar epifizdagi tog‘ay qatlami tagida hosil bo‘lgan yangi suyak xujayralari hisobiga o‘sa boradi. YAngi tug‘ilgan bola skeletidagi suyaklar yupqa, egiluvchan bo‘lib, ba’zi suyaklarda tog‘aylar biriktiruvchi to‘qimalar bo‘ladi. Bola o‘sa borishi bilan suyaklar (hayotda) yo‘nalishda yoniga, bo‘yicha o‘sib, shakllana boradi. Masalan: katta boldir suyagining diafizida suyakka aylanish nuqtasi embrion 2 oyligida, yuqorigi spifizida 8 yoshligida hosil bo‘ladi. Bular o‘sa borib, 16-17 yoshda katta boldir suyagi shakllanadi. YOsh organizm suyaklari tarkibida osesin ko‘p bo‘lganligi uchun ular juda elastik, ya’ni kam sinuvchan bo‘ladi. YOsh o‘lchayib borishi bilan suyaklar tarkibida mineral tuslar ko‘payadi. Ossein bilan anorganik moddalarning qo‘shilishi natijasida suyak muhim fizik xossalarga ega bo‘ladi. Suyak elastik va qattiq (pishiq) bo‘ladi. YOsh qancha kichik bo‘lsa, suyak usti pardasi suyakka shunga zich yopishgan bo‘ladi. Katta odamlarda esa u bir oz ajralib turadi. Bolalarda suyak usti pardasi tagida osteotsit xujayralari hosil bo‘lib, shular hisobiga suyak yoniga o‘sib boradi. Suyaklar turli ta’sirlar natijasida sinadi. Ular yopiq va ochiq sinishi mumkin. Suyak singan yoki chiqqan vaqtida vrach kelguncha bemorni qo‘zg‘atmasdan chiqqan yoki singan joyini harakatsiz qilib shisha taxtacha yordamida bog‘lab qo‘yish kerak Download 178.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling