1-mavzu: genomika fani kelib chiqish tarixi, maqsadi, vazifasi va o‘rganish metodlari reja
Download 181.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genomikaning vazifasi
- Genomikaning maqsadi
Genomikaning 5ta bo`limi mavjud:
1) Strukturaviy genomika; 2) Funksional genomika; 3) Solishtirma genomika; 4) Evolyutsion genomika; 5) Tibbiyot genomikasi. Genomikaning uslublari: - Polimeraza zanjirli reaksiyasi (PZR); - Elektroforez; - Xromatografiya; - DNK ni sekvenirlash; - DNK ni kartalashtirish. Genomikaning vazifasi butun hujayraning to`liq genetik xususiyatlarini tarkibidagi genlar sonini va ularning ketma-ketligini, har bir gen tarkibidagi nukleotidlar sonini va ularning ketma-ketligini aniqlash, har bir genning organizm metabolizmiga yoki umuman hayotiy faoliyatiga bog‘liq funktsiyalarini aniqlashdan iborat. Genomika organizmning mohiyatini - uning potentsialini, turlarini va hatto individual boshqa organizmlardan farqini, tashqi ta‘sirlarga reaktsiyasini bashorat qilish, genlarning har biridagi nukleotidlar ketma-ketligini va genlar sonini bilib olishga imkon beradi. Genomikaning maqsadi - hozirgi vaqtda amalga oshirilmagan hujayraning barcha potentsial xususiyatlari, masalan, ―jimjimador genlar haqida ma‘lumot olish, proteomika esa hujayralarni ma‘lum bir lahzada xarakterlashga imkon beradi, undagi barcha oqsillarni funktsional ―suratga olish tarzida o`rnatadi. uning proteomi darajasidagi hujayraning holati, ya‘ni, ifoda etilmagan genlardan farqli o`laroq ishlaydigan barcha fermentativ va strukturaviy oqsillarning to`plamini o`rganadi. Shu bilan birga, agar genomika birinchi navbatda sekvenirlash texnologiyasining rivojlanishi natijasida paydo bo`lgan bo`lsa, unda proteomika uchun ikki o`lchamli elektroforez texnikasi bir xil asosiy rolni o`ynaydi - oqsillarni bir yo`nalishda molekulyar og‘irligi bo`yicha ajratish, ikkinchisida esa - izoelektrik nuqta uslubi qo`llaniladi. Bu usul yangi emas, ammo u sezilarli darajada takomillashtirildi, bu bir vaqtning o`zida yuzlab oqsillarni dinamikada kuzatish imkonini beradi. Download 181.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling